Xulq atvor geografiyasi

Xulq atvor geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
Xulq atvor geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: XULQ ATVOR GEOGRAFIYASI 60530400 -Geografiya ta'lim yo'nalishi SOTSIAL GEOGRAFIYA REJA Xulq - atvor geografiyasining o'rganish obyekti va predmeti Inson ongining rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar Geografik determinizm, possibilizm va envayronmentalizm Inson xulq - atvori, urf - odatlari, yurish - turishi va ruhiy kechinmalarining hududiy tafovutlari Xulq - atvor geografiyasining o'rganish obyekti va predmeti Suqrotning - o'zingni angla, degan hikmatli so'zi ham har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Zero, insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlashgan. Ulug' mutasavvuf Abdulxoliq G'ijduvoniy insonni «kichik olam» deb hisoblagan. Yuqoridagi fikrlar kengroq mushohada qilinsa, ularning tub mohiyati insonning xulq-atvori, ruhiyati, yurish-turishi bilan ko'proq aloqador ekanligi ko'zga tashlanadi. Sotsial xususiyatlar til, muomala, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste'mol qilish boshqarish, o'z-o'zini idora etish, badiiy ijod, axloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar Ruhiy xususiyatlar Aynan, ana shu xususiyatlarga atrof-muhitning ta'siri va uning hududiy jihatlari xulq-atvor geografiyasi tomonidan o'rganiladi. Inson ongining rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar Jahon tibbiyotida o'chmas iz qoldirgan mashhur yunon olimi Gippokrat (mil.avv. 460-377-yy.) ham inson ruhiyatida tashqi muhit ta'sirini alohida uqtirib o'tgan. Gippokrat har xil geografik sharoitlarda turlicha odamlar yashashlarini ko'rdi, ularning o'z tana tuzilishlari, yurish-turishi bilan farq qilishlarini aniqladi. Olim bu haqda Havolar, suvlar va joylar nomli asarida shunday degan edi: Odam organizmining tabiatini tashqi muhit belgilaydi. Jamiyat esa o'z qonun-qoidalari bilan odam tabiatini o'zgartirishi mumkin. Bundan shuni e'tirof etish mumkinki, Gippokrat inson organizmiga ijtimoiy muhitning ta'sirini ham yaxshi anglagan. Beruniy o'zining Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar asarida birinchi bo'lib odam rangi, qiyofasi, tabiati va axloqi turlicha bo'lishini ular yashaydigan tuproq, suv, havo va yerga ham bog'liqligini ta'kidlab, geografik aloqadorlik g'oyasini ilgari suradi. Beruniy fikricha, inson ichki va tashqi qiyofasi tabiat ta'sirining natijasidir. Shu bilan birga, uning ichki qiyofasi cheksiz sa'y-harakatlar oqibatida tubdan o'zgartirishi mumkin. Har bir kishi o'z xulq-atvorining sohibi ekanligi olim fikrlarida chuqur mushohada qilingan. Abu Ali ibn Sino issiq o'lkalar tabiati va ularning inson jismiga ta'siri haqidagi fikrlarni o'z asarlarida ham uchratish mumkin. Chunonchi, u issiq o'lkalarda odam tanasining qoramtirligi, sochlarining jingalakligi, havoda namlikning ko'p bug'lanishi natijasida keskin kamayib ketishi inson jismining tez qarishiga olib kelishini ta'kidlagan edi. Olim pastlikda joylashgan hududlar aholisining doimiy issiqlik va dimlikda yashashlari, bunday o'lkalarda sho'rxok va botqoqliklarning ko'pligi sababli suvlar tarkibi ham salbiy xususiyatlarga ega ekanligini batafsil yoritib bergan. Bunday hududlar aholisi ruhiyatida jizzakilik, jahldorlik birmuncha yuqoriligini ta'kidlab o'tadi. V.P.Semyonov-Tyanshanskiy Rossiya antropogeografiyasining eng yirik namoyondasi sifatida geografiya fani - ko'rish, tasavvur qilish, ko'rish xotirasi orqali egallanadigan fan, deb ta'riflaydi. Ko'pgina sohalardagi kabi geografiyada intuitsiya muhim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 12.89 MB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 12.89 MB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga