Yangi davr geografiyasi

Yangi davr geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
Yangi davr geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

Yangi davr geografiyasi (XVII asr o'rtasi - XIX asr o'rtasi) REJA: XIX asr - XX asrning boshidagi ilmiy ekspeditsiyalar va nazariy kashfiyotlar. Geografiyning obyekti va predmeti to'g'risidagi tasavvurlarning rivojlanishi XIX asr - XX asrning boshidagi ilmiy ekspeditsiyalar va nazariy kashfiyotlar. Taqbiatshunoslikda boshlangan baravj differnsiatsiya oqibatida geografiya o'zining tadqiqot predmetidan ajralib qolganga o'xshab ko'rinsada, haqiqatda bu jarayon keyingi yangi darajadagi geografik sintezga o'tish uchun shart-sharoit bo'ldi. Ko'plab hududiy kashfiyotlar teran nazariy umumlashtirmalar, geografik qonunlarni ochilishi bilan birgalikda bo'ldi (A.Humboldt, K.Ritter, E. Reklyu, Tyunen, V.V.Dokuchayev). Endilikda geografiya faktlarni tasvirlash bilan ceklanib qolmasdan, ularni tushuntirib berishga ham harakat qila boshladi. Bu davrda ancha yirik hududiy kashfiyotlar bilan bir qatorda teran nazariy umumlastirmalar amalgam oshirildi. Geografiya antrpogeografiyani ham o'z ichiga oladigan Yer to'g'risidagi fanlardan (geologiya, geofizika, biologiya va b.) biriga aylandi. Bu davrda xorologik va geografik obyektlarni tabiiy-tarixiy jismlar sifatida idrok qilish tendesiyasi kuchaydi. Yer tashqi qobigining alohida komponentlarini bilishga amaliy ehtiyoj ortdi va buning oqibatida geografiyada differensiatsiyalashuv tendensiyalari ham kuchaydi. Eski geografiya bag'rida uning alohida tamoqlari vujudga kela boshladi; ular mustaqil rivojlanish yo'liga kirdi. Buning natijasida geografiya alohida qismlarga bo'linib ketdi. Mavjud ma'lumotlarni umumlashtiruvchi, ilmiy tafakkurlaydigan va tahlil qila oladigan geografiyaning, shu jumladan ilmiy tabiiy geografiyaning shakllanishi tabiatshunoslikka tabiat hodisalarining umumiy aloqalari to'grisidagi g'oyaning kirib kelishi va, shuningdek, bu aloqalarni o'rganish zaruriyatlari bilan bevosita bog'liq bo'ldi. Yer yuzasi tasviri asosan tugagan va fanda juda katta hajmda to'plangan ma'lumotlar tufayli XIX asrning birinchi yarmida geografiya oldida ulkan vazifalar turar edi. Endilikda geograflar oldida mavjud ma'lumotlarni nazariy jihatdan umumlashtirish, geografiya oldida esa tasvirlovchi fandan tushuntirib, ilmiy asoslab beradigan nazariy fanga aylanish vazifasi turar edi. XIX asrning ikkinchi yarmida geografiyada tasvirlashdan, ma'lumotlar to'plashdan ularni o'rganishga va tahlil qilishga o'tish zaruriyati to'grisidagi fikr umumiy tarzda anglab yetildi. Geografiyaning boshqa tabiiy fanlar bilan o'ziga xos dialektik o'zaro munosabatlari shunga olib keldiki, dastlab geografiyaning predmetini o'zaro bo'lib olishgan bu fanlar keyinchalik tabiiy geografiyaning nazariy fan bo'lib shakllanishiga har taraflama yordam ko'rsatishdi. Tabiiy geografiya har biri muayyan tabiiy fan tomonidan o'rganiladigan alohida hodisalarning murakkab kompleksi bilan ish ko'radi. Shu sababli bu fanlarning yutuqlarisiz bu hodisalar kompleksi to'grisidagi ta'limot, ya'ni zamonaviy geografiya tarkib topa olmas edi. Yirik tabiiy-ilmiy ekspeditsiyalar (masalan, Rossiyadagi akademik ekspeditsiyalar) boshlangan XVII asrning 60-yillari geografiya tarixida navbatdagi muhim chegara bo'ldi. Geografiyaning fundanental fanga aylanishi jahonning ko'pgina mamlakatlarining yuzlab tabiatshunoslari va sayyohlarining mehnatlari evaziga sodir bo'ldi. Ammo uni tanazzul yoqasidan olib chiqishda va keyingi rivojlanishini belgilab berishda nemis tabiatshunos olimi va sayyohi Aleksandr Humboldtning (1769 - 1859) ilmiy xizmati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.52 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.52 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga