Yaponiya iqtisodiy-geografik tahlili. Tabiiy sharoiti va resurslari

Yaponiya iqtisodiy-geografik tahlili. Tabiiy sharoiti va resurslari

O'quvchilarga / Geografiya
Yaponiya iqtisodiy-geografik tahlili. Tabiiy sharoiti va resurslari - rasmi

Material tavsifi

9-sing Geografiya darsligi asosida 47§ - mavzu Yaponiya iqtisodiy-geografik tahlili. Tabiiy sharoiti va resurslari Yaponiyaning umumiy maydoni Yaponiya tog'li mamlakat. Yaponiya aholisi Foydalaniladigan yer maydoni Reja: Hududining muhim xususiyatlaridan biri uning bir-biriga yaqin katta va kichik orollarda joylashganligidir. Yaponiyaning umumiy maydoni 376 ming km2. Ulardan 4 tasining maydoni ancha kattadir. Bularga Xonsyu, Xokkaydo, Kyusyu va Sikoku orollari kiradi. U unitar davlat bo'lib, 47 ta prefekturaga bo'linadi. Yaponiya, asosan, tog'li mamlakat. Hududining 75 % ini tog'lar egallaydi. Eng baland tog'i Fudziyama (3776 m) yapon xalqining ommaviy topinadigan - sig'inadigan muqaddas joyi hisoblanadi. Yaponiya biron-bir yer osti boyliklari bilan o'zini o'zi ta'minlay olmasa-da, boy dengiz, geotermal, gidroenergiya, agroiqlim resurslariga ega. Yaponiya aholisi 127,0 mln. kishi. Aholisining soni bo'yicha jahon mamlakatlari orasida o'ninchi o'rinda turadi. Aholisi soni keyingi yillarda qisqarib bormoqda. Yaponiya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi. Unda jami aholining 67,0 % i shaharlarda yashaydi. Mamlakatda yirik shaharlar soni 200 dan ortadi. Eng yirik shahri mamlakatning poytaxti Tokio bo'lib, unda 34,4 mln. dan ko'proq aholi istiqomat qiladi. Tokio - Nag'oya - Osaka yo'nalishi bo'ylab 600 km dan ortiq masofaga cho'zilgan hududida dunyodagi eng yirik megalopolislardan biri Xokaydo tashkil topgan, unda 55 mln. kishi mavjud. Foydalaniladigan yer nihoyatda qimmatli, taqchil resurs bo'lganligi sababli, Yaponiyada hozirgi vaqtda binolarni «osmono'par» qilib qurish bilan birga, ularning qator qavatlarini yer ostida joylashtirishga ham erishilmoqda. Alohida texnopolis - ilmiy-muhandislik komplekslari, asosan, dengizning sayoz qo'ltiq va ko'rfazlarini turli axlat va chiqindi jinslar bilan to'ldirish hisobiga hosil qilingan hududlarida qurilmoqda. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.58 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.58 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga