Yaponiya xo'jaligiga umumiy iqtisodiy geografik

Yaponiya xo'jaligiga umumiy iqtisodiy geografik

O'quvchilarga / Geografiya
Yaponiya xo'jaligiga umumiy iqtisodiy geografik - rasmi

Material tavsifi

Yaponiya xo'jaligiga umumiy iqtisodiy geografik ta'rif Reja: Yaponiya xo'jaligiga umumiy iqtisodiy geografik ta'rif Yaponiya-yuksak madaniyati Dunyo tashqi savdosi taqsimoti Yaponlar o'z mamlakatini qadimdan Nippon yoki Nixon deb atashadi.Bu so'zlarning ma'nosi quyosh yoki asos demakdir.Yaponiyani ko'pchilik Quyosh chiqadigan mamlakat deb atashadi.Ramziy belgi sifatida davlat bayrog'iga quyosh tasviri tushirilgan.Yuqoridagi holatlarning barchasi Yaponiyaning tabiiy geografik o'rniga mos tushadi.1800 5-soat farq.Yaponiya-Osiyoning sharqida asosan materik orollarida joylashgan davlat bo'lib, u 4 ta yirik orol (Xonsyu, Xokkaydo, Kyusyu, Sikoku) va to'rt mingta mayda orollardan tashkil topgan.Yaponiya orollari 3,5 ming km ga cho'zilgan bo'lib, 200251 va 450331 shimoliy kenglik, 1220561 va 1530591 sharqiy uzunlikda joylashgan.Yapon orollarini shimoldan Oxota dengizi, janubdan Fillipin dengizi, janubi-g'arbdan Sharqiy Xitoy dengizi, g'arbdan Yapon dengizi va Koreya bo'g'ozi, sharqdan Tinch okeani o'rab turadi. Yaponiya Evrosiyo va Tinch okeani litosfera plitalarida to'qnashgan joyda joylashganligi uchun birinchi darajali seysmik va vulkanik mintaqa hisoblanadi.Yaponiya hududida tez-tez zilzila bo'lishidan tashqari 188 ga yaqin vulqonlar joylashgan, ulardan 40 tasi harakatdagi vulqonlardir.Yaponiya sohillarida tez-tez sunami va tayfunlar bo'lib turadi, musson yomg'irlari kuzatiladi. Mamlakat maydoni 372,2 ming km2 bo'lib, u maydoniga ko'ra AQSHning Kaliforniya shtatiga teng yoki O'zbekiston Respublikasi maydonidan 77 ming km2 ga kichik. Yaponiyaning iqtisodiy geografik o'rni avvalo orollarda joylashganligi va materikka yaqinligi bilan belgilanadi.Bu avvalo Yaponiyani Rossiya Fedarasiyasi, XXR va Osiyo yo'lbarsi davlatlariga yaqinligi bilan izohlanadi.Ayni paytda Yaponiya Osiyo-Tinch okeani regionining markazidir.Bu holatlar mamlakatni xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Yaponiya hukumati bilan Rossiya hukumati orasida Shikotan oroli majorasi mavjud. Yaponiya hududini 34 qismini tog'lar va qir-adirlar egallagan.Eng katta pastekisligi Toxio qo'ltig'i bo'yidagi Konto pastekisligidir.Tog'lar Saxalin oroli va Kuril orollaridagi tog'larning davomi bo'lib, ular shimol va shimoli-sharqdan, janub va janubi-g'arbga cho'zilgan.Eng baland cho'qqisi Fudziyama vulqoni (3776m.) hisoblanadi.Pastekisliklar asosan sohillarda joylashgan bo'lib, ular mamlakat hududini 15%ini tashkil etadi. Yaponiyani shimol qismi (Xokkaydo oroli, Xonsyu orolini shimoli) mo''tadil, janubiy qismi (Xonsyu orolining janubi, Kyusyu, Sikoku, Ryukyu) subtropik iqlim mintaqasida joylashgan.Barcha hududi musson iqlim tipiga ega.Yillik yog'in miqdori 100 mm dan (Xokkaydo orolining sharqida) 3800 mm gacha (markaziy Xonsyu tizmalarida).Qor butun Yaponiya hududida yog'adi, qor qoplami qalinligi mamlakat shimoli-g'arbida 4,5 m gacha etadi.Daryo tarmoqlari zich, lekin qisqa tog' daryolaridir.Eng yirik daryolari-Sinano, Tone, Kitakami, Isikari. Yaponiya o'rmon resurslariga boy mamlakatlardan hisoblanadi.Hududining 23 qismidan ko'prog'ini o'rmonlar egallagan.O'rmonlarini 13 qismini sun'iy o'rmonlar tashkil etadi.Igna bargli o'rmonlar jami o'rmonlarning 12 qismini egallagan.Yaponiya florasida 2750 o'simlik turi uchraydi, shundan 168 tasi daraxt o'simliklaridir.Faunasidagi endem turlarga: yapon maxakasi, qiziltumshuq maymun, ayiq, quyon, olmaxon, yapon xoldor bug'usi, ko'rshapalak, ko'pgina qushlar kiradi.Ryukyu oroli sut ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.83 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.83 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga