Yaponiyada mintaqalar darajasida xalqaro munosabatlar Yaponiyada mintaqaviy siyosatga ta'sir ko'rsatayotgan eng muhim tashqi omillardan biri - iqtisodiyotning internatsionallashuvi va davlat iqtisodiy boshqaruv tizimidagi islohotlardir. Yapon jamiyatining xo'jalik faoliyati va ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha jabhalariga chuqur ta'sir ko'rsatayotgan internatsionalizatsiya fonida xalqaro iqtisodiy aloqalar (XIA) ning mahalliy darajadagi faollashuvi kuzatilmoqda. Bu esa yapon mintaqalari (o'z-o'zini boshqaruv organlari, mahalliy kompaniyalar) iqtisodiy hayotidagi butunlay yangi hodisadir. Mintaqalar darajasida xalqaro aloqalarning yoyilishi ko'p mamlakatlarda mavjud bo'lib, bu xalqaro iqtisodiy aloqalarning tobora oshkoralashib borayotganini bildiradi. Bunda mamlakatlar nafaqat poytahtlararo, balki hududlararo ham aloqalar olib boradilar. Yaponiya oxirgi vaqtlarga qadar bu sohada boshqa rivojlangan mamlakatlarga nisbatan orqada edi. Bu narsa XIAning yuqori darajada markazlashgani, tashqi iqtisodiy aloqalar tashkiliy tuzilishidagi o'ziga xosliklar (bu yerda universal savdo kompaniyalari yetakchi rol o'ynaydilar), geografik o'rni (jahonning boshqa iqtisodiy markazlaridan uzoqda joylashganligi) bilan bog'liq. Ushbu omillar natijasida Yaponiya tashqi iqtisodiy faoliyati markaz - Tinch okean soxillari mintaqalari tomonidan monopoliya qilingan edi. XX asr oxiri - XX1 asr boshlaridan vaziyat o'zgara boshladi. Tashqi bozorga mustaqil chiqish va xorijiy sheriklarni jalb etish Yaponiyada mahalliy iqtisodiyot o'sishining qo'shimcha manbasi sifatida qarala boshlandi. Bu narsa ayniqsa, iqtisodiy qiyinchiliklarning cho'zilib ketishi va markaziy hukumatdan moliyaviy tushumlarning kamayishi davrida katta ahamiyatga ega bo'ladi. Ayni paytda, keyingi yillarda nihoyatda jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan aloqalarning yangi shakllariga ehtiyojlar paydo bo'la boshladi. Mintaqalar darajasidagi tashqi iqtisodiy aloqalarni bu sohadagi davlat siyosatiga muqobil, deb tushunmaslik lozim. Ular bu siyosatning tarkibiy qismi bo'lib, uning miqyosi va ahamiyati mahalliy darajadadir. Ayni paytda, tashqi iqtisodiy faoliyat mintaqaviy iqtisodiy siyosatda ham muhim o'rin egallaydi. Milliy hududlarni kompleks rivojlantirish bo'yicha 1987 yil va 1998 yilda qabul qilingan dasturlarda chekka o'lkalar rivojlanishining ustuvor strategiyasi tarkibiga mahalliy darajadagi shaharlarga xalqaro o'zaro hamkorlik vazifasini kuchaytirish zarurati haqida nizom kiritildi. Bu esa mahalliy hamjamiyatlarga xalqaro hamkorlikda to'la qatnashish imkonini beradi va mazkur shaharlar va shahar atroflari hududlarining iqtisodiy jonlanishi uchun qulay sharoit yaratadi, hamda mahalliy korxonalarga yangi imkoniyatlar yaratadi. Umuman, Yaponiyada mintaqalar darajasida xalqaro munosabatlar o'z tarixi va tajribasiga ega. U 60-yillarda ochiq iqtisodiyotga o'tish bilan boshlandi. Bunday aloqalar turli ko'rinishlarda: chegara yaqinidagi hududlar o'rtasida savdo aloqalari, shaharlar o'rtasida do'st tutinish, madaniy tashabbuslar va b.q. tashkil etildi. Lekin hozirgi o'zgarishlarning mohiyati shundaki, mintaqalar o'zlarining tashqi iqtisodiy strategiyalarini mustaqil ravishda yarata boshladilar. Ayrim joylarda bu narsa iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo'nalishlariga aylantirilmoqda. Bunga ko'plab misollarni keltirish mumkin. Masalan, 1991 yilda Kanagava prefekturasida «Prefekturaning xalqaro siyosatga ta'siri rejasi» tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra, mazkur prefektura rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko'rsatishnini o'z ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.54 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.54 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:19 ]
Arxiv ichida: doc