Yengil sanoat tarmoqlari geografiyasi haqida ma'lumot

Yengil sanoat tarmoqlari geografiyasi haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Yengil sanoat tarmoqlari geografiyasi haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Yengil sanoat tarmoqlari geografiyasi Reja: Yengil sanoat tarmoqlari. Oziq-ovqat sanoati. Yengil sanoatda keng iste'mol mollari ishlab chiqariladi va u quyidagi tarmoqlardan iborat: ip-gazlama, jut, jun, trikotaj, ko'n, poyabzal, mo'yna va boshqalar. Yengil sanoatga xom ashyoni asosan qishloq xo'jaligi yetkazib beradi (paxta, zigir tolasi, jun, ko'n (teri, mo'yna), Hozirgi paytda kimyo sanoati mahsulotlari ham yengil sanoat xom ashyosi bo'lib hisoblanadi (sun'iy tola). Ip-gazlama, jun gazlama, shoyi va zigir tolasidan gazlama ishlab chiqarish to'qimachilik sanoatini tashkil qiladi. Gazlama to'qish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat: - xom ashyoga dastlabki ishlov berish bosqichi, paxta tozalash, zigir tolasiga ishlov berish, jun yuvish (pillachilik korxonalarida amalga oshiriladi); - ip yigirish bosqichi (ip yigiradigan korxonalarda amalga oshiriladi); - gazlama to'qish bosqichi (to'qimachilik korxonalarida amalga oshiriladi); - pardozlash bosqichi (bo'yash va gul bosish sexlarida amalga oshiriladi). Ushbu barcha bosqichlar alohida-alohida joylashgan yigirish, to'qish yoki pardozlash fabrikalarida amalga oshirilishi mumkin, ammo transport xarajatlari (har bir fabrikadan yuklarni olib ketish va tushirish) mahsulot tannarxini oshirib yuboradi. Demak, to'qimachilik ishlab chiqarishini bir korxonada - kombinatda to'plash foydaliroq bo'ladi. Xom ashyoga dastlabki ishlov berish korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin joylashtiriladi. To'qimachilik korxonalarida ko'proq ayollar ishlaydi, shuning uchun ushbu sanoatni aholi ko'p to'plangan shaharlarda va og'ir sanoat rivojlangan hududlarda joylashtiriladi. Trikotaj va tikuvchilik sanoati korxonalarini joylashtirishda ular mahsulotlaridan foydalanadigan hududlar hisobga olinadi. Chunki bu sanoat uchun kerak bo'lgan kalavalarni tashish tayyor mahsulotni tashishdan qo'layroq va arzonroq. Demak, to'qimachilik sanoati korxonalarini joylashtirishda iste'molchilar, mehnat resurslari va xom ashyo manbalari hisobga olinadi. Yengil sanoatning eng muhim tarmoqlaridan biri ko'n-poyabzal sanoatidir. Tabiiy ko'n (teri) bu sanoat tarmog'i uchun xom ashyo bo'lib hisoblanadi. Bundan tashqari, sun'iy teri, rezina, parusina (kanopdan to'qilgan dag'al qalin mato), jun (piyma uchun) ham xom ashyo sifatida ishlatiladi. Chorvachilikning turli hududlarda ixtisoslashuviga qarab, ushbu sanoatning xom ashyosi xilma-xil bo'ladi. Ko'n sanoatini joylashtirishda xom ashyo manbai muhim o'rin tutadi. Ammo go'sht kombinatlarining chiqindisi hisoblangan terilar ham bu sanoatni joylashishiga ta'sir ko'rsatadi. Poaybzal sanoati iste'molchiga yaqin joylarda barpo etiladi. Oziq-ovqat sanoati Ushbu tarmoq aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaydigan 30 dan ortiq ishlab chiqarishni o'z ichiga olgan bo'lib, qishloq xo'jaligi bilan chambarchas bog'langan. Oziq-ovqat sanoati joylashishida xom ashyo va iste'molchi omili muhim o'rin tutadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda xarajatning ko'p qismi qishloq xo'jalik xom ashyosiga sarf bo'ladi. Shakar ishlab chiqarishda xom ashyo xarajati 65 foiz; yog', pishloq va go'sht tayyorlashda 90 foizgacha boradi. Bir tonna shakar olish uchun 5-6 tonna qand lavlagi talab qilinadi. Shuning uchun oziq-ovqat sanoatining bir guruh korxonalari (kand, shakar, vino va h.k.lar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.15 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.15 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga