Yer hisobi, uning mazmuni, turlari va o'tkazish uslubiyati

Yer hisobi, uning mazmuni, turlari va o'tkazish uslubiyati

O'quvchilarga / Geografiya
Yer hisobi, uning mazmuni, turlari va o'tkazish uslubiyati - rasmi

Material tavsifi

Yer hisobi, uning mazmuni, turlari va o'tkazish uslubiyati Eng muhim boyligimiz hisoblangan yer resurslarimiz qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning asosiy vositasi va xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarini rivojlantrishni makoniy bazisi hisoblanadi. Yer shunday xususiyatga egaki, undan to'g'ri va oqilona foydalanilsa, u boshqa ishlab chiqarish vositalariga o'xshab eskirmaydi, aksincha mahsuldorligi oshib boradi. Shu nuqtai nazardan ham yer hisobotini doimiy yuritib borish, unda mavjud yerlar kimga tegishliligi, undan qay tarzda foydalanilayotganligi to'g'risida ma'lumotlar yig'ish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Yer hisoboti (balansi) bajarilgan yer hisobi asosida tuziladi. Yer hisobi ishlarining natijalari xalq xo'jaligini rivojlantirish rejasini tuzishda, birinchi navbatda qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish va unga bo'lgan ehtiyojni aniqlashda katta ahamiyatga egadir. Qishloq xo'jalik erlarini hosildorligini oshirish, maydon birligiga nisbatan kamrok xarajat talab qilish asosida etishtiriladigan mahsulotni ko'paytirish, iqtisodiy jihatdan natijali foyda keltiradigan, ilmiy asoslangan dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirishda ekin maydonlarini eng maqbul tuzilishi belgilanadi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish mumkin bo'lgan hamma yerlar qishloq xo'jaligida foydalanishga topshirilishi kerak. Ammo har bir yer uchastkasi maydonining miqdorini va sifatini bilmasdan turib agrotexnika va meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarini belgilab bo'lmaydi. Yer hisobi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirishda juda katta ahamiyatga ega. Birinchi navbatda yer hisobida yuqori aniqlikda bo'lishi zarur. Buning uchun yer hisobini yer toifalariga, shirkat, fermer xo'jaliklariga, jumladan, haydalma yerlar, ko'p yillik daraxtzorlar, pichanzorlar, yaylovlar va boshqa yer turlariga bo'lingan holda olib borish talab qilinadi. Malumki, Respublikamiz viloyatlarining tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini xilma-xilligini hisobga olinib, qishloq xo'jalik mahsulotlarini davlat tomonidan xarid qilishda yer hisobiga quyidagi talablar qo'yiladi: -xo'jalikning yirik shahar, sanoat markazi va qayta ishlash korxonalariga nisbatan joylashishi; -qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yer miqdorining sifati va tabiiy sharoiti; -chorvachilikda iqtisodiy foyda keltiradigan u yoki bu ekin turlarini tanlash; -qishloq xo'jaligini ixtisoslashtirish. Bulardan tashqari har qaysi tuman va viloyatda asosiy qishloq xo'jalik mahsulotlarining yalpi xajmi hisoblanib, istemol mollarining miqdori aniqlanadi. Xo'jaliklararo va ichki yer tuzish ishlarini, davlat xo'jaliklarining markazlarini belgilashda, shirkat xo'jaliklaridagi ishlab chiqarish bo'linmalarini aniqlashda yer hisobi zimmasiga malum darajada mas'uliyat yuklatiladi. Yerni davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib berilishida xo'jalik erlarining miqdori, sifati, yer turlari va ulardan foydalanish darajasi, o'zlashtiriladigan yangi yer maydonlarining hisob-kitoblari yer hisobiga asoslanadi. Bulardan tashqari, yer hisobi hamda qiymati haqidagi ma'lumotlar yerdan foydalanganlik uchun to'lanadigan soliqqa asos bo'ladi. Yer hisobi davlat yer kadastrining tarkibiy qismi bo'lgani holda xo'jalik hisobining bir turi hisoblanadi. Uni olib borishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlar yer maydonlarining ishlab chiqarish vositasi sifatidagi xususiyatlari bilan bog'liqdir. Xalq xo'jaligi tarmoqlarida yer belgilangan maqsadlarda foydalaniladi. Shunday ekan, yer hisobini doimiy ravishda yuritib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.29 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.29 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga