Yer osti suvlari

Yer osti suvlari

O'quvchilarga / Geografiya
Yer osti suvlari - rasmi

Material tavsifi

Yer osti suvlari 5-sing Geografiya darsligi asosida 21 § - mavzu Yer po'sti yuza qismidagi tog' jinslarining g'ovak, bo'shliq va yoriqlaridagi suvlar yer osti suvlari deyiladi. Yer osti suvlari hosil bo'lishi uchun quruqlikka yetarli miqdorda yog'in (qor, yomg'ir) yog'ib turishi va yuzadagi tog' jinslari suvni chuqurga o'tkazib yuboradigan darajada g'ovak bo'lishi zarur. Suvning yerga tez yoki sekin shimilishi tog' jinslarining g'ovaklik darajasiga bog'liq. Masalan, shag'al, qum suvni yaxshi o'tkazadi. Shuning uchun shag'al, qum suvni o'tkazuvchi jinslar deyiladi. Granit, ohaktosh, qumtosh, gil singari jinslar suvni yaxshi o'tkazmaydi. Shunga ko'ra ular suvni o'tkazmaydigan jinslar deb ataladi. Yer po'stining yuza qismidagi tog' jinslari qatlam-qatlam bo'lib yotganligidan yer osti suvlari ham qatlamlar hosil qiladi. G'ovakliklarida suv bo'lgan qatlamlar suvli qatlamlar deyiladi. Ikkita suv o'tkazmaydigan qatlam orasida joylashgan suvli qatlam suvi qatlamlar orasidagi suv deb ataladi. Bu qatlamga suv mazkur qatlam yer yuzasiga chiqqan joylardan kiradi. Agar tog' jinslari qatlamlari tovoq shaklida bo'lsa, yer osti suvlari bosimli bo'ladi. Bunday joylarda burg' qudug'idan suv o'zi oqib, ba'zan otilib chiqadi. Bunday quduqlar artezian quduqlar deyiladi. A B 44-rasm. Yer osti suvlari. Artezian quduq. A - Grunt suvli qatlam. B - Qatlamlar orasidagi bosimli suvli qatlam. Grunt suvlari tog' jinslaridagi g'ovaklar orqali past tomonga asta-sekin oqadi. Ular jarlarda, daryo vodiylarida, pastliklarda yer yuzasiga chiqib, buloqlarni hosil qiladi (45-rasm). Suv o'tkazmaydigan qatlam (gil) Suv o'tkazadigan qatlam Grunt suvi Buloq Quduq 45-rasm. Grunt suvi. Buloq hosil bo'lishi. Artezian Hozirgi vaqtda, qishloqlarda, ayniqsa, cho'llarda juda ko'p artezian(burg') quduqlar qazilgan. Ularning suvi aholi, sanoat korxonalari va qishloq xo'jaliklari ehtiyojlariga sarflanadi. Artezian(burg') quduqlar Dunyoning ayrim joylarida tarkibida turli tuzlar, gazlar va boshqa mineral moddalar erigan yer osti suvlari mavjud. Ular mineral suvlar deyiladi. Bunday suvlardan esa turli kasalliklarni davolash uchun foydalaniladi. Turli davolanish va dam olish maskanlari aynan shunday buloqlar yoniga quriladi. O'zbekistonda shifobaxsh suvlar ko'p. Savol va topshiriqlar: 1. Yer osti suvlari qanday hosil bo'ladi? 2. Grunt suvlari qatlamlar orasidagi suvdan qanday farq qiladi? 3. Buloqlar qanday hosil bo'ladi? 4. Mineral suvlar deb qanday suvlarga aytiladi? МУСТАҚИЛ ИШИ МАВЗУ: Ер ости сувлари . Er osti suvlari - Yer po'stining yuqori qismidagi tog' jinslari qatlamlarining g'ovak bo'shlikdarida joylashgan suyuq, qattiq (muz), bug'simon holatdagi suvlar. Ye.o.s. umumiy suv resurslarinkt bir qismi bo'lib , suv ta'minoti va sug'orish manbai sifatida xalq xo'jaligi uchun katta ahamiyatga ega. Sug'oriladigan yerlarning meliorativ ahvoli grunt suvlarining holati bilan belgilanadi. Ye.o.s.ni gidrogeologiya fani o'rganadi. Suv molekulyar kuchlar tutib turadigan bog'langan hamda og'irlik kuchi yoki bosim farqi ta'sirida harakatda bo'ladigan gravitatsion ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.25 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.25 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga