Yer o'z o'qi va quyosh atrofida aylanishinig geografik oqibatlari

Yer o'z o'qi va quyosh atrofida aylanishinig geografik oqibatlari

O'quvchilarga / Geografiya
Yer o'z o'qi va quyosh atrofida aylanishinig geografik oqibatlari - rasmi

Material tavsifi

Yer o'z o'qi va quyosh atrofida aylanishinig geografik oqibatlari Yer sayyora sifatida bir vaqtning o'zida bir necha harakatiarni amalga oshiradi. Ulardan eng muhimlari quyidagilardir: Yerning Quyosh atrofida aylanishi; Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi; Yer-Oy umumiy og'irlik markazi atrofida aylanishi; Yerning harakati va uning geografik oqibatlari - 21 mart va 23 senntabrda Yer o'qining qiyaligi Quyoshga nisbatan neytral bo'ladi. Quyosh nurlari ekvatorga tik tushadi va ikkala yarim sharni teng yoritadi. Kun va tun uzunligi baravar bo'ladi. Qutblarda esa kun va tunni almashinishi ro'y beradi. Shuning uchun mazkur kunlar bahorgi va kuzgi tengkunlik kun- lari deyiladi; 21 iyunda Yer o'qining shimoliy qismi Quyoshga enkay- gan boTadi. Shuning uchun Quyosh nurlari ekvatorga emas, balki undan shimolroqqa tik tushadi. Bu masofa ekvator tekisligining orbita tekisligiga qiyaligiga teng. Ya'ni 90-66° 33'= 23° 27'. Quyoshni tropiklarda turadigan kuni yozgi Quyosh turishi deb ataladi. Yerning Quyosh nurlari bilan Quyosh turishi va kun-tun tengligi kunlarida yoritilishi Yer o'z o'qi atrofida g'arbdan sharqqa tomon soat strelka- siga qarshi tomonga qarab harakat qiladi. Yer bir tekisda ayla- nadi. Yer o'z o'qi atrofida 23 soat 56 minut 4 sekundda bir marta aylanib chiqadi.Yer aylanishining burchak tezligi, ya'ni yer yuzasidagi biror nuqtaning har qanday muayyan vaqt davomida aylanish burchagi hamma kengliklar uchun bir xildir. Nuqta bir soat davomida 360°:24 soat = 15° yo'l bosadi.Sekundiga metr hisobidagi tezlik kengliklarga qarab o'zgaradi. Bu tezlik ekvatorda 464 metrga teng. Yerning sutkalik aylanishining eng muhim geografik oqibatlari quyidagilar:kun bilan tunning almashib turishi, buning natijasida Yerning landshaft qobig'i hayotida va undagi jarayonlarda sutkalik ritm vujudga keladi;ayni bir vaqtda Yerdagi turli meridianlaming mahaliy vaqti turlicha bo'ladi; Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi natijasida 2 ta doimiy nuqta - qutblar hosil bo'ladi. Bu hoi sharda koordinatalar to'rini yaratishga, ya'ni meridianlar, parallellar va ekvatomi o'tkazishga imkon beradi. Qutblarni tutashtiruvchi chiziqlar meridianlar deb ataladi. Meridian tekisligi gorizont tekisligiga tik bo'ladi. Bu ikkala tekislik kesishgan chiziq, tush chizig'i deyiladi. Bosh me- ridiandan berilgan nuqtagacha bo'lgan daraja hisobidagi masofa geografik uzunlik deb ataladi. Ekvatordan berilgan nuqtagacha bo'lgan meridian yoyining uzunligi geografik kenglik deb ataladi;Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi asosiy vaqt birligi bo'lgan sutkani hosil qiladi. Yerning Quyosh atrofida aylanishi natijasida yil fasllari hosil bo'ladi. Yer o'qining qiyaligi bilan tropiklar, qutb doiralari, ekvator kabi tushunchalar bog'langan. Ekvator qutblardan teng masofada Yer yuzasidan o'tkazilgan shartli chiziq. Tropiklar Quyosh nurlari yozgi Quyosh turish davrida tik tushadigan parallellar, ya'ni 23°27'sh.k., 23°27'j.k. Qutb doirasi chizig'i - kengligi Yer o'qining qiyaligiga teng bo'lgan parallel, qutb doirasi chiziqlari qutbiy tun va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.41 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:19 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.41 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga