Yer qishloq xo'jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi, predmeti

Yer qishloq xo'jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi, predmeti

O'quvchilarga / Geografiya
Yer qishloq xo'jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi, predmeti - rasmi

Material tavsifi

Yer qishloq xo'jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi, predmeti Reja: Yer fondi va undan qishloq xo'jaligida foydalanish. Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlarning turlari. Qishloq xo'jaligida melioratsiya. Qishloq xo'jaligi uchun yer hayot-mamotning moddiy shartigina bo'lib qolmay, balki ishlab chiqarishning faol ashyoviy omili hamdir. Ishlab chiqarish jarayoni tuproq unumdorligi bilan, tabiiy biologik jarayonlar bilan bevosita bog'liq. Qishloq xo'jaligining asosini yer bilan suv tashkil qilishi barchaga ayon. Turli tabiiy sharoitlarda yerdan to'g'ri foydalanib, ko'plab dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetkazib, aholi dasturxoni to'kin-sochin qilib kelinmoqda. Yer sharida quruqlik 14,9 mlrd.ga ni tashkil qiladi. Jami haydash uchun yaroqli yerlarning maydoni 3,2 mlrd.ga dan ortiq. Shundan hozirda 1,5 mlrd.ga yer haydaladi, 3 mlrd.ga yer yaylov sifatida ishlatiladi. Haydash uchun qulay bo'lgan yerlarning asosiy qismi qishloq xo'jaligida foydalanish muomalasiga kiritilgan. Sug'oriladigan yerlar maydoni dunyoda 270 mln. ga dan ko'proq. Haydaladigan yerlarning asosiy qismi-60% Yevrosiyoga to'g'ri keladi, bu hol ushbu materikda aholi sonining ko'pligi bilan bog'liqdir. Haydaladigan yerlar hisobiga turli qurilishlar, shaxtalar, yo'llar, shaharlar, sanoat korxonalari muttasil qurib kelinmoqda. Dunyoda kamida 120 mln. ga maydonni shaharlar egallagan. Aholi manzilgohlari, transport yo'llari, sanoat korxonalari egallagan maydon 440 mln. ga ni tashkil qiladi. Cho'llashish jarayoni, eroziya, sug'orishni noto'g'ri tashkil etish, yog'in-sochinning shiddat bilan yog'ishi natijasida har yili 3 mln. ga yer foydalanishdan chiqib ketadi. Dunyoda Xuanxe 1,6 mlrd. t, Gang 1,4 mlrd. t, Amazonka 363 mln. t, Missisipi 300 mln. t, Irovadi 299 mln. t, Mekong 170 mln. t, Nil 11 mln. t oqiziqlarni Dunyo okeaniga tashiydi. Shamol ta'sirida Shimoliy Amerikadan Atlantika okeaniga yiliga 100-400 mln. tonna chang va mayday tuproq uchib ketadi. Xitoy hududidan Tinch okeaniga mart-may oylarida uchadi. Yer takror ishlab chiqarmaydigan ishlab chiqarish vositalari qatoriga kiradi. ,5 mlrd. ga haydaladigan yerlarning 70 % i qurg'oqchil mintaqada joylashgan. Sug'orilsa hosildorlik 2 marta ortadi. 15% maydondagi yerlar yarim quruq iqlim mintaqasida joylashgan, sug'orilsa hosildorlik 3 marta ortadi. 5% yer quruq iqlim mintaqasida - bu yerda faqat sug'orib dehqonchilik qilinadi. Hindistonda sug'oriladigan yerlarning jami maydoni 63,3 mln. ga, Xitoyda 47,9 mln.ga, AQSH da 23,9 mln. ga, Pokistonda 15,3 mln. ga dan iborat. Shu munosabat bilan umuman yer resurslari va ayniqsa, qishloq xo'jaligida foydalanish uchun yaroqli bo'lgan yerlar cheklangandir. Tabiatan yerning cheklanganligi undan intensiv suratda foydalanish zarurligi masalasini juda keskin qilib qo'yadi. Qishloq xo'jaligida yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi hisoblanadi. Mamlakat yer boyliklaridan oqilona foydalanishning davlatimiz agrar siyosatining asosi bo'lib qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni intensivlashtirishning eng muhim shartidir. O'zbekistonda qishloq xo'jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi bo'lgan yer davlat mulki hisoblanadi. Davlat qishloq xo'jaligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.93 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.93 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga