Yer resurslari va undan qishloq xo'jaligida foydalanish Reja: Yer resurslari. Yer fondi va turlari. Yer resurslaridan qishloq xo'jaligida foydalanish. Qishloq xo'jaligi uchun yer hayot -mamotning moddiy sharti bo'libgina qolmay balki ishlab chiqarishning aktiv ashyoviy omili hamdir. Ishlab chiqarish jarayoni tuproq unumdorligi bilan, tabiiy biologik jarayonlar bilan bevosita bog'liq. Yer takror ishlab chiqarmaydigan ishlab chiqarish vositalari qatoriga kiradi. Shu munosabat bilan umuman yer resurslari va ayniqsa qishloq xo'njaligida foydalanish uchun yaroqli bo'lgan yerlar cheklangandir. Tabiatan yerning cheklanganligi undan intensiv suratda foydalanish zarurligi masalasini juda keskin qilib qo'yadi. Qishloq xo'jaligida yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi hisoblanadi. Mamlakat yer boyliklaridan oqilona foydalanishning davlatimiz agrosiyosatini asosi bo'lib, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni intensivlashtirishning eng muhim shartidir. Tuproq juda ko'p xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan tabiiy jism bo'lib, shulardan eng muhimi unumdorlik hosil etishtirish qobiliyatidir. Tuproq unumdorligi deganda o'simliklarning butun o'sish davri davomida talab etadigan miqdorda suv va oziq moddalar bilan uzluksiz ta'minlash orqali qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish qobiliyati sanaladi. O'zbekistonning yer resurslari 45 mln. ga atrofida. Uning atigi 110 qismidan foydalaniladi xolos. Hozir 4,2 mln. ga yerlarda sug'orib dehqonchilik qilinadi. Sug'orib dehqonchilik qilinadigan hududlar anchagina, ammo suv yetishmasligi sababli ulardan foydalanib bo'lmaydi va quyidagilar. 1. Yer hajmi jihatidan cheklangan, ya'ni uni inson hohishiga kcTra kattalashtirib yoki kichiklashtirib bo'lmaydi. 2. Yerni hech qanday ishlab chiqarish vositasi bilan almashtirib bo'lmaydi. U qishloq xcTjaligining asosi hisoblanadi. 3. Yer tabiat maxsuli, u inson mehnati mahsuli emas. 4. Yer abadiy ishlab chiqarish vositasi bo lib, undan to'g'ri foydalanish kerak. O'zbekiston dehqonchilikda foydalaniladigan yerlar maydoni 5-6 mln. ga bolib; ular sog'oriladigan va lalmi yerlardir. Bu yerlarning 1,6 mln. gektari cho'l zonasida joylashgan. Sug'oriladigan yerlar Farg'ona Zarafshon vodiylarida va quyi Amudaryo rayonida ancha maydonlarni egallaydi. O'zbekiston qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni asosi sug'oriladigan dehqonchilikdir. Suv xo'jaligi (kanallar, suv omborlari, injenerlik va gidrotexnika inshoatlari) qurilish, yerning miliorativ holatini yaxshilash ishlari va boshqa tadbirlar Respublikada keng avj olib ketdi. Mirzacho'ldagi quruq yerlar o'zlashtirildi. Bu yerda paxta va qishloq xo'jaligining boshqa mahsulotlarini yetishtiradigan yirik tumanlar tashkil etildi. Qarshi, Jizzah, Zarafshon, Surxonsherobod dashtlari, Amudaryoning quyi oqimidagi yerlarni o'zlashtirish yuzasidan keng ko'lamda ishlar olib borilmoqda. Qishloq xo'jaligidan foydalaniladigan yerlar deb qishloq xo'jalik ehtiyojlari uchun berib qo'yilgan va shu maqsadlarga mo'ljallangan barcha yerlarga aytiladi. Bunday yerlar jumlasiga haydaladigan yerlar, ko'p yillik daraxtzorlar, qo'riqlar, pichanzorlar va yaylovlar kirsa, qishloq xo'jaligiga yaroqsiz yerlarga -o'rmonlar, bo'tazorlar, botqoqliklar, qum bosgan va boshqa noqulay yerlar kiradi. Haydaladigan yerlar barcha qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlarning tahmini 15 % ni tashkil etadi. CTzbekistonda ekinlarning ko'pchiligi sug'oriladigan va ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.45 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.45 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:20 ]
Arxiv ichida: doc