Yer resurslarini baholash usullari

Yer resurslarini baholash usullari

O'quvchilarga / Geografiya
Yer resurslarini baholash usullari - rasmi

Material tavsifi

Baholash usullari R E J A : Yer resurslarini baholash Iqlimiy resurslarni baholash Rekreatsiya resurslarini baholash GEOGRAFIK BAHOLASH USULLARI Tabiiy sharoit yoki landshaftlarni foydalanish maqsadlarida baholash - geografik baholash deb ataladi. Masalan, dehqonchilik, chorvachilik, sanoat, transport, rekreatsiya, suv xo'jaligi va boshqa maqsadlarda baholash amalga oshirilishi mumkin. Geografik baholash quyidagi bosqichlardan iborat: a) baholash ishlarining maqsad va vazifalarini aniqlash (masalan, daryo vodiysining ma'lum bir qismini suv ombori qurish maqsadida baholash); b) baholash uchun zarur bo'lgan ko'rsatkichlar yoki ma'lumotlar ro'yxatini tuzish; s) o'rganilayotgan hudud daryo vodiysining hozirgi va kelajakdagi holatini belgilaydigan ko'rsatkichlar yoki xossalarni o'rganish va o'lchash (vodiyning geologik tuzilishi, uzunligi, kengligi, balandligi, yonbag'irlar qiyaligi, suvning sarfi, loyqaligi, me'yori va h.k.); d) olingan ma'lumotlar va ko'rsatkichlarni bir-biriga taqqoslash asosida bar bir komponent bo'yicha alohida baholashni amalga oshirish (relef, geologik tuzilish, suv o'lchamlari va h.k. haqida); e) alohida baholashlar asosida umumiy baholashni amalga oshirish (suv omborini mazkur joyda qurish mumkinmi yoki yo'qmi); f) yakuniy jadval va xaritalar tuzish. Tabiiy geografik baholashning aniq maqsadiga ko'ra sifat va miqdor usullaridan foydalaniladi. Sifat ko'rsatkichlari qulaylik darajasiga qarab juda qulay, qulay, o'rtacha qulay, kamroq qulay, qulay emas deb baholanadi.Masalan, tekisliklar yo'l qurilishi uchun juda qulay, qumli cho'l-lar qulay, to'lqinsimon tekisliklar o'rtacha qulay, adirlar kamroq qulay, tog'lar esa qulay emas.Baholashning miqdor usuli har bir darajani sonli ko'rsatkich-lar asosida amalga oshirishga asoslangan. Masalan, vegetatsiya davrida havo haroratining 10 °C dan yuqori bo'lgan kunlar yig'indisi qish-loq xo'jalik ekinlarining qaysi turlari hududning qaysi joylarida o'si-shi mumkinligini aniqlashda asosiy mezon bo'lib xizmat qiladi. Masalan, arpaning pishib yetilishi uchun quyidagi haroratlar yig'indisi bo'lishi shart. Vegetatsiya davrida havo haroratining +10 °C dan yuqori yig'indisi 100° gacha bo'lishi eng tezpishar arpa navining yetilishi uchun yetarli emas, mazkur arpa navi 100-1400° da pishadi, 1400-1800° da esa o'rta pishar, 1800° dan oshganda esa eng kechki navlar yetiladi. Ko'rsatilgan ushbu miqdor ko'rsatkichlari baholashning ma'lum bonitetli darajalari hisoblanadi. Yer resurslarini baholashYer resurslari xo'jalik jihatdan juda ko'p maqsadlarda baholanadi. Ayniqsa, yer resurslarini dehqonchilik maqsadlarida baholash keng tarqalgan.Dehqonchilikni amalga oshirish asosan relef, agroiqlimiy re-surslar, tuproq sharoiti, yer osti suvlarining joylashishi va xossala-rining qulayligi, suvning mavjudligi va boshqa omillar bilan belgilanadi.Dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni o'zlashtirish va ulardan foydalanishning murakkablik darajalari landshaftlarning xususiyatlariga qarab turlicha bo'ladi. Yuqorida ko'rsatilgan omillarning tahlili asosida O'zbekiston tabiiy-hududiy komplekslari murakkablik darajasiga ko'ra to'rt guruhga bo'linadi: oddiy, o'rtacha murakkab, murakkab va juda murakkab tabiiy komplekslarOddiy tabiiy komplekslarga tog' oldi prolyuvial va daryo vodiyla-rining yuqori terrasalari kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal harakati yuqori darajada ta'minlangan bo'lib, bu suvlarining sathi ko'taril-maydi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.26 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.26 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga