Yer sayyorasi. Yer geosferalari. Reja: Yerning Quyosh sistemasida tutgan o'rni. Yerning ichki va tashqi tuzilishi Litosfera. Foydali qazilmalar. Atmosfera va uning chegaralari. Gidrosfera. Tabiatda suvning aylanishi. Yer - sayyora (planeta). Yer quyosh fokusida ellips shaklida aylanadigan uchinchi planeta hisoblanadi. Quyosh atrofida Yerning aylanish davri 365,25 o'rtacha quyosh sutkasiga to'g'ri keladi. Yer o'z o'qi atrofida to'liq aylanishi 23 soat 56 minut 4,09 sekund vaqt ichida sodir bo'ladi. Yer o'z o'qida egilgan holda orbita yuzasiga nisbatan 66033* 20* da to'liq aylanadi. Quyosh sistemasidagi planetalarning qarshiligi tufayli bu burchak sekinlik bilan kuchayiyu har 100 yilda 46*,8 ga o'zgaradi. Yerning aylanishi o'z aylanishini 26 ming yilda qonun shaklida o'zgartiradi va putatsiya deb yuritiladigan kichik tebranishlar sodir bo'ladi. SHartli ravishda Yerning o'z o'qi atrofida aylanish juda sekin har 100 ming yilda 1 sekund atrofida beradi. Quyoshning tortish kuchi Yerni o'z o'q orbitasida saqlanishini ta'minlaydi, ammo oy va yulduzning tortish kuchi okean suvining ko'tarilishi va tushishi, atmosfera havzasi va yerning qattiq qatlamiga ta'siri mavjud. Yer sharining shakli ellipsoid shakliga yaqin. Yerning geofizik o'lchami va gravimetrik ma'lumotlariga asosan ellipsoid yerning o'rganilgan. Shunga ko'ra uning ekvator radiusi 6.378.245 m, meridian aylanasi uzunligi 4008550 m, hajmi 1,083,10 km2, yerning umumiy massasi 5,92,10 gr. Gravitermik ma'lumotlarga ko'ra, Yer zichligi 5,62 gsm3. Yerning quyosh atrofida to'liq aylanishi uchun 365 kun 5 soat 48 minut 46 sekund vaqt o'tadi. Agar 365 kun 6 soat deb oladigan bo'lsak (har yiliga 11 minut 14 sekund xato bo'ladi) har to'rt yilning uch yili 365 kun bir yili 366 kunga to'g'ri keladi. Har yiliga to'g'ri keladigan 6 soat to'rtga ko'paytirilib, bir yilga qo'shiladi. Shuning uchun kalendardagi har to'rt yilning biri 366 kunga to'g'ri keladi. Shuning uchun to'rtinchi yilning fevral oyi 29 kun bo'lib, kabisa yili deyiladi. Yer quyosh atrofida aylanayotganda o'z orbita tekisligiga og'ishganligi tufayli yil fasllari namoyon bo'ladi. Yer o'qi orbita tekisligiga perpendikulyar bo'lganda edi, quyosh nuri Yer yuzasining barcha nuqtalariga bir xil tushadi va uni bir xilda yoritgan va isitgan bo'lur edi. SHunga ko'ra quyosh nuri ekvatorga doimo tik tushib, undan shimol va janub tomon kamayib borar, kecha va kunduz doimo teng (12 soat) va teng yil fasllari hukmron bo'lar edi. Yerning quyosh atrofida o'z orbita tekisligiga og'ishgan holda aylanganligi tufayli quyosh nurini tushish burchagi o'zgarib yil fasllarini almashinishiga sabab bo'ladi. Yer o'qining og'ishi va quyoshga nisbatan neytrallik davri 21 mart 23 sentyabrga to'g'ri kelib, bu davrda quyosh nuri ekvatorga teng tushadi va shimoliy va janubiy yarim sharlarni bir xilda yoritadi. Shunga ko'ra kun ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.68 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.68 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:20 ]
Arxiv ichida: doc