Yer toshqobig'ining boyliklari 5-sing Geografiya darsligi asosida 17 § - mavzu Har yili Yer ostidan yuz millionlab tonna neft, gaz, ko'mir, torf hamda temir, mis, aluminiy va boshqa metall rudalari, tuzlar qazib olinadi. Neft Gaz Ko'mir Tuz Ulardan turli mashinalar, samolyotlar, kemalar, kosmik apparatlar yasaladi va harakatga keltiriladi. Deyarli barcha tog' jinslari mineral boylik hisoblanadi. Yerning yoqilg'i boyliklari. Yoqilg'i boyliklari asosan torf, ko'mir, neft va gazdan iborat. Torf botqoqliklarda o'simlik qoldiqlaridan hosil bo'ladi. Hozirgi vaqtda torf kam ishlatiladi. Uning o'rniga ko'mir, neft, gaz tobora ko'proq yoqilayapti. Torf Ko'mir ham o'simlik qoldiqlaridan hosil bo'ladi. Agar ko'mirni sindirib, diqqat bilan qarasangiz, unda qadimda o'sgan o'simliklar barglarining izlarini ko'rasiz. Ko'mir toshko'mir va qo'ng'ir ko'mir deb ataluvchi ikki turga bo'linadi. O'zbekistondagi Ohangaron koni ko'miri qo'ng'ir ko'mir hisoblanadi. Toshko'mir qattiq va yaltiroq bo'lib, yonganda juda ko'p issiqlik beradi. Qo'ng'ir ko'mir nisbatan kamroq issiqlik tarqatadi. Toshko'mir Qo'ng'ir ko'mir Masshtab:1:240 00 00 39-rasm. Dengiz sayozligidan neft va gaz qazib olinadigan konlar. Neft va gaz konlari ham cho'kindi jinslar orasida bo'ladi. Ular ko'pincha birga uchraydi. Neft va gaz Antarktidadan boshqa hamma materiklardan qazib chiqariladi. Rudali mineral boyliklarga temir rudalari va rangli metall rudalari kiradi. Temir rudalari Rangli metall rudalari Qayta ishlangan rudalardan temir, mis, aluminiy, qo'rg'oshin, rux ajratib olinadi. Temir Aluminiy Mis Qo'rg'oshin Rux Bunday foydali qazilmalar orasida eng muhimi osh tuzidir. U tozalanib, maydalanib ovqatga va har xil tuzlamalarga ishlatiladi. Rudamas foydali qazilmalardan qimmatbaho va kerakli mineral o'g'itlar ham olinadi. Ko'p tog' jinslaridan qurilish materiallari sifatida foydalaniladi. Kaliyli, fosforli va azotli minerallar o'g'it ishlab chiqarishda katta o'rin tutadi. Respublikamizda yangi neft, gaz va oltin konlarining topilishi va ishlab chiqarishga joriy etilishi yurtimiz ravnaqiga xizmat qilmoqda ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.13 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.13 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:20 ]
Arxiv ichida: pptx