Yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni ro'yxatga olish

Yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni ro'yxatga olish

O'quvchilarga / Geografiya
Yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni ro'yxatga olish - rasmi

Material tavsifi

Yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni ro'yxatga olish Xo'jalik yoki korxona, muassasa va tashkilotlarni yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarini ro'yxat qilish davlat yer kadastrining asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ro'yxatlash malum bir yer uchaskasiga mulkdorlik, foydalanish yoki ijara huquqini rasmiylashtirish hamda davlat miqyosida qabul qilingan yagona shakldagi hujjatlarda aks ettirish bo'yicha huquqiy tadbir hisoblanadi. Yer uchastkasiga bo'lgan huquqlarni ro'yxatga olish ma'lumotlari huquqiy kuchga ega. Albatta, erlarni ro'yxat qilish ishchi tizim sifatida birdaniga shakllanmagan. U XX asrning 20-30 yillarida o'tkazila boshlangan hamda boshlang'ich davrlarda yerdan foydalanish huquqini rasmiylashtirish va yerga davlat mulkchiligini ta'minlashga yo'naltirilgan. Shu bilan bir qatorda uning vazifasiga yer maydonlarining huquqiy va xo'jalik holatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, tizimli tarzda saqlash va yangilab turish ishlari kirgan. Yer uchastkasiga bo'lgan huquqlarni ro'yxatga olish yer hisobi bilan uzviy bog'langan holda olib boriladi. Yer uchastkasiga bo'lgan huquqlarni ro'yxatga olish malum bir yer uchastkasidan foydalanish, ijaraga olish huquqlarini rasmiylashtirish va yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar to'g'risidagi ma'lumotlarni qabul qilingan hujjatlarda qayd qilish bilan bog'liq masalalarni o'z ichiga oladi. Bunda dastlabki hujjatlari yer uchastkalarining huquqiy holati to'g'risidagi ma'lumotlardan iborat bo'ladi. Ammo, yerdan foydalanish malum bir maqsadga yo'naltirilganligi hamda malum hudud va aniq subyekt bilan bog'liq bo'lganligi sababli u o'z ichiga yer uchastkalarining xo'jalik holati, joylashgan o'rni va yerdan foydalanishning o'lchamlari to'g'risidagi ma'lumotlarni oladi. Yer uchastkasini yerdan foydalanuvchiga berish to'g'risidagi vakolatli davlat organlarining qarori hamda yer tuzish loyihasini joyga ko'chirish va yer uchastkasi chegaralarini joyda belgilash to'g'risidagi dalolatnoma yerdan foydalanuvchi yoki yer-mulkdorini ro'yxat qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Davlat ro'yxatida rasmiylashtirilgandan so'ng yerdan foydalanuvchiga yerdan foydalanish huquqlarini beruvchi hujjatlar topshiriladi. Yer uchastkalirini egalik qilish, foydalanish yoki mulk tariqasida berish yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi. Yer uchastkalarini ajratib berish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilab quyilgan tartibda amalga oshiriladi. Foydalanishdagi yer uchastkasining boshqa shaxslarga berish shu yer uchastkasi belgilangan tartibda qaytarib olingandan keyingina amalga oshiriladi. Yerni ijaraga olish huquqi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi asosida ro'yxatdan o'tkaziladi. Servitutlar va mulk huquqidagi boshqa cheklashlar yer uchastkalaridan foydalanish shartnomalar, sud qarorlari asosida ro'yxatdan o'tkaziladi. Yer uchastkasidan o'zgalarning ham qisman foydalanishi mumkinligi to'g'risidagi huquq davlat hokimiyati organlarining qarorlari yohud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar asosida ro'yxatdan o'tkaziladi. Binoga, inshoatga va imoratga bo'lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o'tishi natijasida yuzaga kelgan yer uchastkasidan foydalanish huquqi ana shu mulkdorlarning oldi-sotdisi, almashtirilganligi, xadya etilganligi yoki vasiyat qilinganligi to'g'risidagi tegishli shartnomalar va bitimlar, tuziladi. Mulkdorlarning yoki ular tomonidan vakil qilingan organlar va yuridik shaxslarning qarorlari, shuningdek binoga, imoratga, inshoatga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.68 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.68 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga