Yer yuzasi tuzilishining asosiy xususiyatlari

Yer yuzasi tuzilishining asosiy xususiyatlari

O'quvchilarga / Geografiya
Yer yuzasi tuzilishining asosiy xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

7-sinf geografiya darsligi asosida 14-mavzu: Yer yuzasi tuzilishining asosiy xususiyatlari O'rta Osiyo hududi shakllanish tarixi va yer yuzasining hozirgi holatiga ko'ra ikki qismga, ya'ni tekislik va tog'larga bo'- linadi. Tekisliklar O'rta Osiyoning markaziy, g'arbiy va shimoliy qismlarida joylashgan. O'rta Osiyoning anchagina qismini Turon tekisligi egallagan. Bu tekislikda O'rta Osiyoning yirik cho'llari - Qoraqum hamda Qizilqum joylashgan. Bu yerlarda nurash va shamol relyef hosil qiluvchi asosiy omil hisoblanadi. Shu sababli cho'llarda asosiy relyef shakllari barxanlar, qum tepalari, qator qum balandliklaridir. Qizilqumning markaziy qismida yemirilish natijasida pasayib qolgan bir qancha tog'lar qad ko'tarib turadi. Qoraqumning janubi-sharqiy qismida baland tekisliklar - Badxiz va Qorabel platolari joylashgan. Tekislikning shimoli va shimoli g'arbida baland yassi tekislikdan iborat Ustyurt va To'rg'ay platolari joylashgan. Ustyurt platosi Orol va Kaspiy dengizlari oralig'ida joylashgan. U atrofidagi tekisliklardan «chink» deb ataladigan baland, tik jarliklar bilan keskin ko'tarilib turadi. Platoning shimoliy qismi qumli tekislikdan, markaziy qismi qirlardan, janubiy qismi qir va botiqlardan iborat. Platoning bu qismida Borsakelmas, Sariqamish, Qorniyoriq va boshqa botiqlar joylashgan. To'rg'ay platosi to'lqinsimon tekislikdan iborat, uning markazida To'rg'ay botig'i joylashgan. O'rta Osiyoda tog'oldi va tog'lar oralig'ida joylashgan tekisliklar ham keng maydonlarni ishg'ol qilgan. Bu tekisliklar tog'larda yemirilgan tog' jinslarini vaqtinchalik va doimiy oqar suvlar oqizib keltirib yotqizishidan hosil bo'lgan. Bunday tekisliklarga Farg'ona vodiysi, Mirzacho'l, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylarini misol qilib keltirish mumkin. Ularning yer yuzasi sal qiya bo'lib, vohalarga aylantirilgan eng unumdor yerlar hisoblanadi. Tog'lar. Tekisliklarni tog'lar sharq va janub tomondan o'rab turadi. Shimolda Qozog'iston past tog'lari joylashgan, ularning katta qismi yemirilib, qirli tekisliklarga aylanib qolgan. Faqat markaziy qismigina atrofdagi qir tekisliklardan biroz ko'tarilib turadi. Qozog'istonning sharqiy qismida yakka-yakka joylashgan Chingiztog', Torbog'otoy va Jung'oriya Olatovi cho'zilib ketgan. O'rta Osiyoning sharqiy qismida eng yirik Tyanshan tog'lari tizimi joylashgan. Uning eng baland qismi muz bilan qoplangan Xontangri tog'laridir (G'alaba cho'qqisi, 7439 m). Tyanshan tog'lari shimoliy, markaziy, g'arbiy va janubiy qismlarga bo'linadi. Pomir tog'lari o'lkaning janubida joylashgan. Uning eng baland nuqtasi Somoniy cho'qqisi bo'lib, balandligi 7495 m. Pomir tog'larining eng baland joylari muz va doimiy qorlar bilan qoplangan. Pomir tog'lari O'rta Osiyodagi eng uzun muzlik (Fedchenko muzligi) ham shu tog'da joylashgan. Pomirning janubida shimoli sharqdan janubi g'arbga yo'nalgan Hindukush tog'lari bor. O'rta Osiyoning janubiy qismi Turkman - Xuroson tog'lari bilan o'ralgan. Bu tog'lar deyarli yoy shaklida joylashgan Kopetdog', Nishopur, Bandi Turkiston, Safedko'h va Paropamiz tog'laridan iborat. Mazkur tog'larda shamol va suv ta'sirida turli relyef shakllari hosil bo'lgan (10- rasm). ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.47 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:20 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.47 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga