Yer yuzi tabiati rivojlanishining fazoviy omillari 10-sinf Geografiya fani darsligi asosida 3-§-mavzu Reja: 2 3 4 Yer boshqa osmon jismlari 1 Quyosh sistemasi Yerning Quyosh atrofida aylanishi Quyosh va Oyning tortishi Yer boshqa osmon jismlari kabi koinotning bir qismidir. Koinot Yerni o'rab turgan mavjud moddiy borliq. Koinot makonda cheksiz-chegarasiz va zamonda abadiydir. Koinotda osmon jismlari tuzilishi turli xil bo'lgan tizimlarni hosil qiladi. Shulardan biri Quyosh sistemasidir. Quyosh atrofidagi sayyoralar, yo'ldoshlar, asteroidlar, kometalar bilan bir tizim bo'lib galaktikamiz Somon yo'li markazi atrofida aylanma harakat qiladi. Quyosh sistemasidan galaktika markazigacha bo'lgan masofa 23-28 ming yorug'lik yiliga teng. Quyosh galaktikaning chekkaroq qismida joylashgan. Bu holat Yer uchun juda qulay Quyosh - Yerga eng yaqin yulduz bo'lib, diametri 1,39 mln km, o'ta qizigan, yorug'lik va issiqlik taratib turadigan, gazlardan iborat sharsimon osmon jismidir. Unda Quyosh sistemasining 99 % dan ortiq massasi to'plangan. Quyosh sistemasi - Quyosh, 8 ta sayyora, 160 dan ortiq yo'ldosh, 400 dan ortiq asteroid va 1 mln ga yaqin kometadan iborat. Ushbu osmon jismlarining barchasi Yer tabiatiga ta'sir ko'rsatadi. Ammo, eng kuchli ta'sir Quyosh, so'ngra Oy tomonidan bo'ladi. Oy - Yerning tabiiy yo'ldoshi va unga eng yaqin osmon jismi. Yerdan 384 ming km masofada joylashgan. Radiusi 1738 km, o'rtacha zichligi 3,34 gsm3. Massasi Yer massasidan 81 marta kichik. Yer atrofi da ellips orbita bo'ylab 27,32 sutkada aylanib chiqadi. Yer - Quyosh sistemasidagi sayyoralardan biri bo'lib, uning shakli, o'lchamlari, zichligi, moddalar tarkibi, tuzilishi va harakatlari koinotda joylashgan o'rniga bog'liq. Yerning shakli va o'lchamlarining geografik ahamiyati quyidagilarda namoyon bo'ladi: Yerning sharsimon shakli quyosh nurlari tushish burchagining ekvatordan qutblarga tomon qonuniyatli o'zgarib borishiga sabab bo'ladi. Bu esa geografik zonallik qonuniyatini yuzaga keltirgan; Yerning sharsimon shakli moddalarni bir joyga to'playdi va quyuqlashtiradi. Natijada moddalar siqiladi va zichlashadi, ichki qismida turli zichlikka ega qobiqlar hosil bo'ladi. Yerning qobiqli tuzilishi uning asosiy xususiyatidir; Yer yuzasi, jumladan, geografik qobiqning dumaloq (sharsimon) shakldaligi makonning bir butun va cheksizligini ta'minlaydi; Yerning haqiqiy shakli - geoidning shardan og'ishi Yer ichidagi moddalarining muvozanatga intilishi tufayli yer po'stida ko'tarilishlar va cho'qishlar, yer yoriqlari yuzaga kelishiga, oqibatda relyefning o'zgar ishiga sabab bo'ladi. Yerning Quyosh atrofida aylanishining geografik oqibatlari: yil fasllari hosil bo'ladi, kun va tun davomiyligi o'zgaradi, Quyosh turishi nuqtalari (22 iyun, 22 dekabr) hamda bahorgi va kuzgi tengkunliklar (21 mart, 23 sentyabr) bo'ladi Yerning o'z o'qi atrofida aylanishining geografik oqibatlari: sutka qaror topadi, kun va tun almashinadi, geografik qobiqda sutkalik ritmiklik ro'y beradi, Koriolis kuchi hosil bo'ladi, geografik qutblar vujudga keladi. Kun Tun ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.21 MB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.21 MB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:20 ]
Arxiv ichida: pptx