Yer yuzi tabiatining rivojlanish tarixi 10-sinf Geografiya fani darsligi asosida 5-§-mavzu Reja: 2 3 4 Yerning paydo bo'lishi 1 Geoxronologiya Fanerozoy Geoxronologik shkala Yerning paydo bo'lishi haqidagi hozirgi zamon nazariyalariga ko'ra, Yer murakkab taraqqiyot bosqichlarini o'z boshidan kechirgan. So'nggi yillardagi ma'lumotlarda keltirilishicha, Yer taraqqiyotining astronomik, geologik, biologik va antropogen bosqichlarini ajratish mumkin. Astronomik bosqich 5-4,6 mlrd yillar oralig'ini o'z ichiga oladi. Bundan 5 mlrd yil oldin koinotdagi disksimon gaz va chang massasining gravitatsion mexanik quyuqlashuvi oqibatida Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar singari Yer ham sharsimon shaklga ega bo'lgan. Yer tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga, uning ichki qismi asta-sekin qizib, moddalarning saralanishiga olib kelgan. Vulqon va tektonik harakatlarning boshlanish paytidan Yerning geologik bosqichi boshlangan. Yer po'sti yuzlab million yillar davomida doimiy ravishda o'zgarib turgan, materiklar goh shakllanib, goh parchalangan. Materiklar doimiy harakatda bo'lgan va ba'zida birlashib yirik materiklarni hosil qilgan. Yerda 3,8 mlrd yil avval hayot paydo bo'lishi bilan Yer taraqqiyotining biologik bosqichi boshlangan. Yerda dastlabki odamlarning paydo bo'lishi (3-1,5 mln yil) antropogen bosqichni boshlab bergan. Geoxronologiya (geologik yilnoma) - yer po'stidagi tog' jinslarining hosil bo'lish ketma-ketligi va yoshi haqidagi ta'limot. Geoxronologiya mutlaq va nisbiy geoxronologiyaga bo'linadi. Mutlaq geoxronologiyada Yerning yoshi yillar bilan ifodalanadi. Tog' jinslarining yoshini aniqlashda paleontologik metod ham ishlatiladi. Bu metod hayvon va o'simliklarning tog' jinslaridagi toshqotgan qoldiqlarini o'rganishga asoslangan. Geologlar ko'p yillik tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, yer po'stida qat lamlar yo'nalishining umumiy ketma-ketligini aniqlaganlar. Har qaysi davr uchun o'ziga xos hayvon va o'simliklarning toshqotgan qoldiqlari mavjud Geoxronologik shkala - geoxronologik bo'limlarning iye rarxiya (quyi bo'limlarning yuqori bo'limlarga bosqichma-bosqich bo'ysinish) tizimi. Shkalada eng yirik birlik supereon bo'lib, ular 2 ta: tokembriy va fanerozoy. Tokembriy supereoni xades, arxey (yoki arxeozoy) va proterozoy eonlariga bo'lingan, fanerozoy supereoni esa shu nomdagi bitta eondan iborat. Stratigrafik va unga moslashgan geoxronologiya shkalasi 1881-yilda Italiyaning Bolonya shahrida ikkinchi xalqaro geologlar kongressida tasdiqlangan va o'sha vaqtdan boshlab jahonda umumiy hisoblanadi. Geoxronologiya shkalasi Yer geologik taraqqiyotining tokembriy supereoni 4 mlrd yil davom etgan. Bu bosqich Yer tarixining sayyora shaklini olgan kundan boshlanib, proterozoy, arxey va xades eonlarini qamrab oladi va bundan 541-570 mln yil oldin tugagan. Atmosfera, asosan, azot, ammiak, karbonat angidridi, suv bug'lari, metan, vodorod, inert gazlar, kislotalardan tashkil topgan. Ayrim olimlarning fikricha, dastlabki atmosfera kislorodsiz bo'lgan. Yer po'sti sovigandan (suvning qaynash haroratidan pastga tushganidan) so'ng Yer yuzasining ma'lum pastqam joylarida kichik suv havzalari (ko'llar va dengizlar) paydo bo'ladi. Yer geologik taraqqiyotidagi ikkinchi yirik supereon bo'lib, davomiyligi 541 mln yil ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.6 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.6 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:20 ]
Arxiv ichida: pptx