«Yergeodezkadastr» Davlat qo'mitasi faoliyatida yagona davlat kadastrlarini yuritish vazifalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasini tashkil etish to'g'risida 2004 yil 15 oktyabrdagi PF-3502-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko'ra tashkil etilgan. Qarorda quyidagilar belgilangan: Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tegishli ravishda Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda viloyatlar yer resurslari boshqarmalari, yer, binolar va inshootlar davlat kadastri bosh boshqarmalari, texnik xatlovdan o'tkazish kadastr byurolari negizida tashkil etiladi; Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Toshkent shahar yer munosabatlarini tartibga solish va ko'chmas mulk kadastri bosh boshqarmasi hamda yakka tartibdagi uy-joylarni hisobga olish va nazorat qilish boshqarmasi negizida tashkil etiladi; tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo'limlari tegishli ravishda tumanlar (shaharlar) yer resurslari xizmatlari, ko'chmas mulk kadastri xizmatlari va texnik xatlovdan o'tkazish kadastr byurolari negizida tashkil etiladi. Kartografiya ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi negizida Kartografiya davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi tashkil etilsin, tegishli ravishda O'zdaverloyiha ilmiy-loyihalash instituti hamda Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi tarkibidan chiqariladigan Agroxarita kartografiya fabrikasi va Davlat kartografiya-geodeziya fondi uning tarkibiga berilgan. O'zbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasiga aylantirilgan. Texnik xatlovdan o'tkazish Respublika kadastr byurosi hamda Xo'jalik hisobidagi Respublika ko'chmas mulk kadastri xizmati, Yer-servis ilmiy-texnika markazi, Geotexnika davlat unitar korxonasi tugatilsin, ularning funksiyalari va mol-mulki belgilangan tartibda Yergeodezkadastr davlat qo'mitasiga berilgan. Yergeodezkadastr davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi bilan birgalikda ko'rsatib o'tilgan tuzilmalarni tugatish bilan bog'liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yergeodezkadastr davlat qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi Andijon, Buxoro, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy shaharlarining, G'ijduvon va Qorako'l tumanlarining ilgari xususiylashtirilgan texnik xatlovdan o'tkazish kadastr byurolarining arxivlari belgilangan tartibda Yergeodezkadastr davlat qo'mitasining tegishli bo'linmalariga berilishini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi (Yergeodezkadastr davlat qo'mitasi) tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar ro'yxatiga quyidagilar kiritilgan : 1. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari 2. Tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo'limlari 3. Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi 4. Markaziy aerogeodeziya korxonasi 5. Samarqand aerogeodeziya korxonasi 6. Kartografiya davlat ilmiy-loyihalash korxonasi 7. Geodeziya va kartografiya milliy markazi 8. Tuproqshunoslik va agrokimyo davlat ilmiy-tadqiqot instituti 9. O'zbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti O'zdaverloyiha 10. Geoinformkadastr davlat unitar korxonasi ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.87 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.87 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:20 ]
Arxiv ichida: doc