Yerlarni baholash, iqtisodiyot tarmoqlarida uning ahamiyati Yerlarni baholash davlat yer kadastrining tarkibiy qismi bo'lgani holda, iqtisodiyot tarmoqlarida foydalaniladigan tabiiy resurslarni umumiy tarzda baholashning bir qismi hisoblanadi. Bunda ayniqsa qishloq hujaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatidagi erlarni baholash alohida ahamiyat kasb etadi. U joyning mintaqaviy farqini hisobga olish va taqqoslash bo'yicha muhim muammolardan biri sifatida gavdalanadi. Iqtisodiyotning aksariyat masalalarini, shuningdek qishloq xo'jalik korxonalari ichki masalalarini, davlatning yerdan foydalanganlik uchun to'lovlar siyosatini yer tuzish va yerdan foydalanish muammolarini va yerning sifat holatini va uni qiyosiy baholamasdan turib muvaffaqiyatli hal qilish mumkin emas. Baholash muammosini muvaffaqiyatli hal qilish, eng avvalo,uni obyekti va subyektini to'g'ri belgilashga bog'liqdir. Tuproqshunoslik bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar hamda erlarni baholashga oid maxsus adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, qishloq xo'jaligi erlarini baholashda uning asosiy ishlab chiqarish vositasi bo'lgan yer uchastkalari obyekt bo'lib xizmat qilishini etibor etishimiz kerak. Yerning qishloq xo'jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatidagi asosiy xususiyati - uning unumdorligidir. Yer maydonining, aniqrog'i tuproqning o'simliklarni unga zarur bo'lgan ozuqa moddalari va zarur namlik bilan ta'minlay olish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. Inson tuproq unumdorligini oshirish uchun yerga turlicha ta'sir o'tkazadi: yerni haydaydi, yumshatadi, sug'oradi, tuproqqa turli o'g'itlar soladi va hokazo. Natijada u tuproqdagi ozuqa moddalar miqdorini oshiradi hamda ularni o'simliklar tomonidan oson o'zlashtirishga imkoniyat yaratadi. Shu Bilan birga tuproq unumdorligini oshirish imkoniyatini beradigan boshqa qator tadbirlar ham mavjud. Ammo, foydalanadigan yer sifatining barcha ijobiy o'zgarishlari qo'shimcha mablag' va mehnat sarfi bilan bog'liq. Iqtisodiyot fani asosan quyidagi tuproq unumdorliklarini ajratadi: tabiiy, sun'iy, potentsial, haqiqiy hamda iqtisodiy. Tabiiy unumdorlik tabiatning o'zi orqali hosil bo'ladi. U uzoq davom etadigan tuproq paydo bo'lish va rivojlanish jarayonida iqlim, o'simliklar, joyning relefi, ona jinslarining ta'siri ostida paydo bo'ladi hamda xossasini o'zgarib turadi. U tuproqlarning fizik, kimyoviy va biologik xossalari bilan tavsiflanadi. Ammo tabiiy unumdorlikka asoslanib yerning haqiqiy sifatiga baho berib bo'lmaydi. Tuproqda juda ko'p miqdorda ozuqa moddalari bo'lishi mumkin, ammo ular turli sabablarga ko'ra (namlik, yorug'lik va boshq.) o'simliklar o'zlashtira olmaydigan yoki kam o'zlashtiradigan shaklda bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, bitta yer uchastkalaridagi ozuqa moddalari o'simliklar oson o'zlashtiradigan, ikkinchi uchastkada esa, aksincha, qiyin o'zlashtiradigan holatda bo'lishi mumkin. sun'iy unumdorlik tabiiy unumdorlikka ega bo'lagan yer uchastkalarida tuproq xususiyatiga inson mehnati orqali ta'sir eti shva ularning birlashishi natijasida hosil bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, tabiiy unumdorlikka ega bo'lgan yer uchastkalari insonning ongli faoliyati uchun mehnat predmeti bo'lib xizmat qiladi. Haqiqatdan ham tabiiy va sun'iy unumdorliklar o'rtasidagi chegara ko'p jihatdan shartli, abstrakt hisoblanadi. Chunki tabiiy va sun'iy unumdorliklar tabiatda sof ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.79 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.79 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:20 ]
Arxiv ichida: doc