Yerlarni iqtisodiy baholash va uni o'tkazish uslubiyati

Yerlarni iqtisodiy baholash va uni o'tkazish uslubiyati

O'quvchilarga / Geografiya
Yerlarni iqtisodiy baholash va uni o'tkazish uslubiyati - rasmi

Material tavsifi

Yerlarni iqtisodiy baholash va uni o'tkazish uslubiyati Yerlarni iqtisodiy baholash - yerning qishloq xo'jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatidagi solishtirma qiymatini aniqlash demakdir. Bu ko'rsatkichlar ham nisbiy kattalikda, yani ballarda, ham absolyut ko'rsatkichlarda, yani yerga hisoblab chiqilgan shartli narxlarda bo'lishi kerak. Shunga alohida ahamiyat berish zarurki, yerni iqtisodiy baholash va tuproqlarni bonitirovka qilish o'rtasida uzviy bog'liqlik va bir-biriga nisbatan keskin farq mavjud. Tuproqlarni bonitirovka qilishda ishlab chiqarish sharoitlari emas, asosan o'simlik o'sishi uchun zarur bo'lgan tabiiy xossalari hisobga olinib, guruhlarga bo'linadi. Iqtisodiy baholashda esa yerning tabiiy sifati va ishlab chiqarish ko'rsatkichlari uning tabiiy - iqtisodiy sharoitlariga mos ravishda hisobga olinadi. Ularning o'zaro bog'liqligi shundan iboratki, tuproqlarni bonitirovka qilish natijalari erlarni iqtisodiy baholashda asos sifatida olinadi. Qayd qilish zarurki, Respublikamiz iqtisodiyot tarmoqlarida, jumladan qishloq xo'jaligida bozor munosabatlarini rivojlanib borayotganligi mavjud yer maydonlarini iqtisodiy jihatdan me'yoriy baholash zaruriyatini tug'dirdi. Qishloq xo'jalik erlarini me'yoriy baholash natijalari asosan shirkat xo'jaliklarini fermer xo'jaliklariga aylantirish, yer solig'i stavkalarini aniqlash, belgilangan me'yorda ajratilganidan tashqari qishloq joylarida uy-joy qurish va dehqon xo'jaligiga yer berish, bank tomonidan kredit berish, yer uchastkalarini kim oshdi savdosi (auksionlar) orqali sotish uchun boshlang'ich bahosini belgilash hamda qonunda ko'zda tutilgan boshqa hollar uchun qo'llaniladi. Barcha qishloq xo'jalik yer maydonlari erlarni iqtisodiy (me'yoriy) baholash obyekti bo'lib xizmat qiladi. Bunda erlarni baholash bo'yicha belgilangan hududiy hisob birliklari quyidagilardir: -ichki xo'jalik miqyosida: tuproq sifati bo'yicha (boniteti) bir xil bo'lgan haydalma yerlar va boshqa qishloq xo'jalik erlarining alohida uchastkalari. Bunday holda erlarning bahosi ichki xo'jalik masalalarini hal qilish, dehqon va fermer xo'jaliklarini tashkil etish, qurilishlar, sug'oriladigan erlarni tekislash maqsadlari uchun aniqlanadi; -umumiy jihatdan (umumiy yer maydoni bo'yicha) erlarning bahosi yer uchun soliq stavkasi miqdorlarini hisoblash, yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni garovga qo'yib bankdan kredit olish, pay miqdorlarini aniqlash uchun hisoblanadi. Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi yerdan foydalanuvchilar erlarni iqtisodiy baholash subyektlari hisoblanadilar. Yerlarni iqtisodiy jihatdan baholash jarayonida sug'oriladigan erlarni baholash muhim amaliy ahamiyatga ega. Ekinlarni etishtirish uchun muhim hisoblangan yerning tabiiy xususiyatlari bo'yicha qiyosiy bahosi (tuproq banitirovkasi) va qiymat ko'rsatkichi sifatidagi me'yoriy sof daromad sug'oriladigan erlarning bahosini aniqlash uchun asos qilib olinadi. Tuproqning tabiiy unumdorligini, mahsuldorligini hamda qishloq xo'jaligiga yaroqliligini hisobga olgan holda bonitet ballari bo'yicha Respublikadagi sug'oriladigan erlarning 10 ta sinfi belgilangan. Agronomiya nuqtai nazaridan bonitet bahosining ballari qishloq xo'jalik ekinlarini kadastr bo'yicha hisoblanagan hosildorliklari orqali belgilanadi. Bu esa o'z navbatida 100 ballik baholash shkalasidan 1 gektardan olinadigan hosilni tsentnerdagi o'lchami, yani tsga hisobida 1 ballga to'g'ri keladigan har bir asosiy qishloq xo'jalik ekini uchun hisoblanadi. Respublika ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.97 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.97 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga