Yerning kosmosda tutgan o'rni

Yerning kosmosda tutgan o'rni

O'quvchilarga / Geografiya
Yerning kosmosda tutgan o'rni - rasmi

Material tavsifi

Yerning kosmosda tutgan o'rni Reja: 1. Kosmos to'g'risida tushuncha 2. Kosmik sistemalar 3. Quyosh sistemasi va uning tuzilishi 4. Kosmosni geografik qobiqqa ta'siri Kosmos to'g'risida tushuncha. Bizni o'rab turgan olamni kosmos (koinot) deb yuritiladi. U vaqtga va fazoga nisbatan cheksizdir. Unda turli osmon jismlari - yulduzlar, sayyoralar, kometalar, astyeroidlar, meteoridlar, gaz va chang tumanliklari mavjud. Yer ham kosmosdagi osmon jismlaridan biri bo'lgan sayyora. Uning harakatiga, kosmosdjagi o'rniga, tabiatiga kosmik omillar doimo taosir qilib turadi. Chunki uning rivojlanishi kosmos qonunlarga ham bog'liqdir. Kosmos asosan vodorod va geliydan tashkil topgan. Boshqa elementlar unchalik katta miqdorni egallamaydi. Kosmik moddalarning 98 % yulduzlarda to'plangan. Ular qaynoq ionlashgan gaz - plazmadan tashkil topgan bo'lib, o'zlaridan kosmosga issiqlik va yorug'lik tarqatuvchi quyoshlardir. Ular xilma xildir. Shuning uchun ham ularni turli rivojlanish bosqichida kuzatiladi. Butun osmon 88 ta yulduz turkumiga bo'lingan bo'lib, ularni yulduzlarning o'ziga xos joylanishiga qarab topish mumkin. Bu yulduzlarni o'rganishda sizga yulduzlar kartasi yordam byeradi. Yulduzlarning kattaligiga qarab mittiy, o'rtacha, gigant yulduzlarga, ranggiga kra, oq,sariq va qizil yulduzlarga ajratishadi. Kosmosdagi sayyoralarning massasi 0,1 % ga etmaydi. Ular sovuq osmon jismi bo'lib, o'zlaridan katta bo'lgan osmon jismi atrofida aylanadi. Issiqlik va yorug'likni o'zlariga yaqin bo'lgan yulduzlardan oladi. Yulduzlararo bo'shliqqa chang va gazlar hamda ularning to'plamlari tumanliklar kuzatiladi. Kosmik sistemalar. Kosmosdagi jismlar tarqoq joylashsada, ular maolum bir sistema doirasida harakatlanadi va rivojlanadi. Kosmosni bevosita kuzatish mumkin bo'lgan qismi metogalaktika deyiladi. Unda birnecha mln dan ortiq galaktikalar mavjudligi aniqlangan. Biz ham shunday galaktikalardan birida yashaymiz. Bizning galaktika osmonni belbog' kabi o'rab olgan yorug' tasma - somon yo'lidagi yulduzlar va osmondagi boshqa yulduz turkumlarini o'z ichiga oladi. Galaktikaning shakli elipsoid shaklida bo'lib, unda 150 mlrdga yaqin yulduzlar joylashgan. Bundan tashqari unda 100 mln dan ortiq tumanliklar ham mavjud. Uning diametri 300 p ga yaqin (1 parsek = 30*1012 km). Uning yadrosidan yiliga bir quyosh sistemasiga teng miqdorda modda koinotga tarqalib turadi. Quyosh galaktika markazidan 100 p uzoqlikda joylashgan. Quyosh galaktika atrofida 200 mln yil ichida bir marta aylanib chiqadi. Bu yilin galaktika yili deyiladi. Quyosh sistemasi va uning tuzilishi quyosh sistemasi galaktika tarkibidagi kattaligi va murakkabligi turlicha bo'lgan behisob sistemalardan biridir. U galaktika tekisligining shimolida 25 p masofada joylashgan. Unga eng yaqin bo'lgan Sentavr yulduzi o'rtasidagi masofa 1,31 p. Sistemaning markazida sariq yulduz guruhiga kiruvchi quyosh joylashgan. Uning atrofida 9 sayyora va uning oylari (42 ta) astyeroidlar, kometalar, meteorid jismlar aylanadi. Sayyoralar orasidagi fazo nihoyatda siyraklashgan gaz va kosmik changlar bilan to'la. Undan elektomagnik nurlanishlar o'ta oladi. Bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.52 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.52 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga