Yerning qobiqli tuzilganligi

Yerning qobiqli tuzilganligi

O'quvchilarga / Geografiya
Yerning qobiqli tuzilganligi - rasmi

Material tavsifi

Yerning qobiqli tuzilganligi 5-sing Geografiya darsligi asosida 13 § - mavzu Yerni hamma tomonidan havo bilan o'ralganligi va havo qobig'ida bulutlar so'zib yurganini ko'radi. Bu Yerning havo qobig'i - atmosfera. Yana Yer qutblari atrofini juda katta oq dog'lar - muz va qorlar qoplab yotganini, juda keng maydonni suv - okean va dengizlar egallaganini ko'radi. Quruqlikda ham behisob ko'llar, daryolar ko'zga tashlanadi. Bular Yerning suv qobig'i - gidrosferadir. Quruqlikda o'rmonlar, cho'llar, ekin dalalari, bog'lar, shahar va qishloqlar joylashgan. O'rmon Cho'l Bog' Bular Yer po'stini hosil qiladi. Yer po'sti eng qattiq qobiqdir. Hamma jonzotlar, o'simliklar, ular yashaydigan muhit esa birgalikda biosfera, ya'ni hayot qobig'i deb ataladi. Yerning tashqi qobiqlari ancha yaxshi o'rganilgan. Lekin uning chuqur, ichki qismi haqidagi bilimlarimiz juda kam. Yerning ichki qismini bevosita ko'rib, ya'ni uning ichiga kirib o'rganib bo'lmaydi. Yer ichki qismi vulqonlar otilganda chiqqan moddalarni o'rganish orqali, yer qimirlash to'lqinlarining tarqalish xususiyatlariga qarab taxminiy o'rganiladi. Vulqon otilishi Olimlarning taxmin qilishlaricha: Yer po'sti qalinligi o'rtacha - 40 km, Yer mantiyasi - 2900 km, Yadroning tashqi qismi - 2080 km, Yadroning ichki qismi - 1280 km, Yadrodagi harorat - 400°C ekan. Yer po'sti Mantiya Yadro Olimlarning taxmin qilishlaricha, mantiya magniy, temir va qo'rg'oshindan iborat. Undagi harorat esa 200°C va undan ham yuqori. Olimlar Yer ichiga chuqur tushgan sari harorat har 100 mda 33°C ko'tarilishini aniqlashgan. Mantiyaning quyi qismlari va yadroda harorat yana ham oshadi. Biroq bunday emas. Chunki u chuqurliklarda bosim juda katta. Bunday yuqori haroratda tog' jinslari erigan, ya'ni suyuq holatda bo'lishi kerak edi. Yer yadrosi haqida ma'lumotlarimiz yanada kam. Faqat uning radiusi 3500 km va harorat 400°C atrofida ekanini bilamiz, xolos. Savol va topshiriqlar: 1. Yerni koinotdan kuzatgan kishi nimalarni ko'radi? 2. Yerning ichki qismida qanday qobiqlari bor? 3. Yerning ichki qismlari qanday o'rganiladi? 4. Yerning ichiga chuqur tushgan sari harorat qanday o'zgaradi? ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.77 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.77 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga