Yerning Quyosh atrofida aylanishi

Yerning Quyosh atrofida aylanishi

O'quvchilarga / Geografiya
Yerning Quyosh atrofida aylanishi - rasmi

Material tavsifi

Yerning Quyosh atrofida aylanishi 5-sinf Geografiya fani darsligi asosida 6-mavzu Yer Quyosh atrofini 365 sutka va 6 soatda bir marta to'liq aylanib chiqadi. Hisobga to'g'ri bo'lsin deb bir yil 365 kun deb qabul qilingan. Shunda har yili 6 soatdan yig'ilib, 4 yilda 24 soat, ya'ni bir sutka bo'ladi. Shuning uchun har uch yildan keyin to'rtinchi yil 366 kun bo'ladi. Bu yil kabisa yili deyiladi. Shu yili fevral oyi 28 kun emas, 29 kun hisoblanadi. Fevral Iyun oyida Shimoliy yarimshar Quyoshga ko'proq qarab turadi. 22-iyunni yozgi Quyosh turishi kuni deyiladi. Quyosh ufq ustida eng baland ko'tariladi. Shimoliy yarimsharda yoz, Janubiy yarimsharda esa qish bo'ladi. Bu kunlarni bahorgi va kuzgi teng kunlik deyiladi. 21-mart va 23- sentabr kunlari esa Quyosh ikkala yarimsharni bir xilda yoritadi. Shimoliy yarimsharda kun eng qisqa, tun esa eng uzun bo'ladi. 22-dekabrni Quyoshning qishki turish kuni deyiladi. Bu vaqtda Janubiy yarimsharda yoz, Shimoliy yarimsharda esa qish bo'ladi. Qutbiy doiralar qutb kuni va qutb tuni bo'ladigan joylarning (66,5° shimoliy va janubiy kengliklar) chegarasidir. Tropik chiziqlar. Globus, Yarimsharlar xaritalarida 23,5° shimoliy va 23,5° janubiy kengliklardan uzuq-uzuq chiziqli parallel o'tkazilgan. Bu parallel tropik chiziqlardir. Shimoliy yarimshardagisi Shimoliy tropik, Janubiy yarimshardagisi Janubiy tropik deyiladi. Quyosh yozgi turishi kunida Yer yuzining shu kengliklarida tush vaqtida qoq tepa(zenit)ga keladi. Ertasidan boshlab Quyoshning ufqdan balandligi asta pasaya boshlaydi. Yerning issiqlik mintaqalari. Ekvatorning ikki yonida Shimoliy va Janubiy tropiklargacha bo'lgan joylarga eng ko'p issiqlik va yorug'lik keladi. Tropik chiziqlar bilan qutbiy doiralar oralig'i Quyoshdan kamroq yorug'lik va issiqlik oladi. Bu yerlar mo'tadil (o'rtacha) mintaqalardir. Qutbiy doira (66,5° shimoliy va janubiy kenglik)lardan qutblargacha bo'lgan joylarga Quyoshdan yanada kam yorug'lik va issiqlik yetib keladi. Bu yerlar qutbiy (sovuq) mintaqalar deb ataladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.29 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.29 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga