Yerning suv qobig'i - Gidrosfera Reja: Gidrosfera haqida umumiy ma'lumot. Quruqlikdagi suvlar va yer osti suvlari. Dunyo okeani va daryolar. Darsning maqsadi: Ta'limiy: o'quvchilarga gidrosfera haqida ma'lumot berish, olingan bilimlarni mustahkamlash. Tarbiyaviy: o'quvchilarni dunyoqarashini shakllantirish, axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, ekologik tarbiya va vatanparvarlik ruhini o'stirish. Rivojlantiruvchi: o'quvchilarni tez va mustaqil fikrlashga o'rgatish. Darsning metodi. noan'anaviy. Dars o'tish usullari: guruhlash usuli. 1. Minerallar guruhlarini aniqlang. A) yoqilg'i. B) rudali va rudasiz S) a va b javoblar to'g'ri. 2. Yoqilg'i boyliklarini belgilang. A) osh tuzi, mineral o'g'itlar B) neft va gaz, ko'mir, torf S) temir rudalari va rangli metallar. 3. O'simlik qoldiqlaridan hosil bo'ladigan mineralni toping? A) ko'mir B) torf S) neft va gaz 4. Neft va gaz qaysi materikdan qazib olinmaydi. A) SHimoliy Amerika. B) Antarktida S) Afrika 5. Toshko'mir xaritada qanday shartli belgi bilan ajratiladi? A) qora kvadrat B) qora uchburchak S) kub shaklida. 6. O'zbekistondagi Ohangaron koni ko'miri qanday ko'mir hisoblanadi. A) Toshko'mir B) Qo'ng'irko'mir S) Ko'mir 7. Hozirgi vaqtda kam ishlatiladigan yoqilg'i turini ayting. A) torf B) neft S) gaz 8. Qaysi yoqilg'i turi yaltiroq va qattiq xususiyatga ega. A) neft, toshko'mir B) qo'ng'irko'mir, gaz S) toshko'mir Dars bayoni. O'qituvchi: xurmatli o'quvchilar bugungi darsimiz mavzusi Gidrosfera bo'lganligi uchun biz bu mavzuni guruhlarga bo'lishimiz mumkin marhamat: 1-guruhdan. 1- o'quvchi: Yerning suv qobig'i gidrosfera deb ataladi (gidro - suv, spxaira - shar degani). Gidrosfera 3 xil suyuq, qattiq va bug' holatida uchraydi. 2-o'quvchi. Gidrosfera bir qancha qismlardan iborat. Quyidagi jadvalda Gidrosferaning asosiy qismlarini ko'rishimiz mumkin. 3-o'quvchi: gidrosferadagi suvning asosiy qismi okeanlardan yig'ilgan. Biroq bu suv juda sho'r bo'lganligi uchun undan ichishga va ekinlarni sug'orishga foydalanib bo'lmaydi. 4-o'quvchi: quruqlikdagi suvning asosiy qismi zovir o'lkalardagi muzliklarda to'plangan. Muzliklar suvi chuchuk, toza suv, lekin odamlar yashaydigan joylardan uzoqda bo'lganligidan foydalanish qiyin. Biroq issiq o'lkalarning baland tog'laridagi muzliklar yozda daryolarga suv berib turadi. 2-guruhdan: 1-o'quvchi: Dunyoda 4 ta okean Tinch, Atlantika, Hind, SHimoliy muz okeanlari. Ularning hammasi birgalikda dunyo okeanlari deb ataladi. 2-o'quvchi: Tinch okeani - eng katta va eng chuqur okean. Maydoni butun quruqlikni maydonidan katta - 178,7 mln km.2. Eng chuqur joyi - Mariana botig'i - 11022 m. 3-o'quvchi: Atlantika okeani - kattaligi jihatdan 2-o'rinda turadi. Maydoni 91,7 mln km.2. Eng chuqur joyi Puerto-Riko botig'i - 8747 m. 4-o'quvchi: Hind okeani - maydoniga ko'ra 3-o'rinda turadi. Uning maydoni - 76,2 mln km.2. Eng chuqur joyi - Zond botig'i. 5-o'quvchi: SHimoliy muz okeani - eng kichik okean - maydoni 14,1 mln km.2. eng ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.86 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.86 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:20 ]
Arxiv ichida: pptx