Yevropa mamlakatlarining tabiiy resurslari

Yevropa mamlakatlarining tabiiy resurslari

O'quvchilarga / Geografiya
Yevropa mamlakatlarining tabiiy resurslari - rasmi

Material tavsifi

Yevropamamlakatlarining tabiiy resurslari 9-sing Geografiya darsligi asosida 25 § - mavzu Reja: Yevropatabiiy resurslarning barchasi bilan yaxshi ta'minlangan. Qit'a mamlakatlari ushbu resurslardan o'zining imkoniyatlari va ehtiyojlaridan, jahon bozoridagi vaziyatdan, mamlakatda shakllangan. Yevropada yer va suv resurslaridan intensiv tarzda foydalanilmoqda. Qit'a tabiiy sharoiti qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun umuman qulay hisoblanadi. Yevropabiologik resurslar, ayniqsa, o'rmon resurslari bilan nisbatan yaxshi ta'minlangan. Bu yerda Shimoliy o'rmon mintaqasining bir qismi (Rossiya, Finlandiya, Shvetsiya, qisman Norvegiya, Buyuk Britaniya) joylashgan. Agroiqlim resurslari Markaziy va Janubiy Yevropada qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirishga imkon beradi. Yevropada mineral resurslarning sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan konlari topilgan. Yoqilg'i-energetika resurslaridan toshko'mir, qo'ng'ir ko'mir, yonuvchi slaneslar, neft, tabiiy gaz, gidroenergoresurslardan foydalanilmoqda. Toshko'mir Qo'ng'ir ko'mir Toshko'mirning yirik konlari Germaniya (Rur, Saar), Buyuk Britaniya va Ukrainada (Donbass) ochilgan. Zaxiralari Buyuk Britaniyada 190 mlrd. Tonnadan GFR da salkam 300 mlrd. tonnagacha boradi. Qo'ng'ir ko'mirning yirik konlari GFR va Polshada (185 mlrd. tonna) mavjud. Yevropaneft va tabiiy gazning ulkan konlariga ega bo'lmasa ham, har holda qit'alar ichida oxirgi o'rinda qolmagan. Neft va tabiiy gaz Niderlandiya, Belgiya, Ruminiya, Ukraina, Belarus, Fransiya, Italiya mamlakatlarida ham qazib olinadi. Temir rudalarining yirik konlari Shvetsiya (Kirunavara), Fransiya (Lotaringiya) va Ukraina (Krivoy Rog, Kerch, Belozyorsk konlari)da joylashgan. Marganes rudasining yirik koni ham Ukrainada ochilgan. Yevropada, xususan, Italiya, Ukrainada - oltingugurt, konlari salmoqlidir. Belarus, Ukrainada kaliy va osh tuzi konlari juda salmoqlidir. Oltingugurt Osh tuzi konlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.65 MB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.65 MB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga