9-sinf Geografiya darsligi asosida 28 § mavzu Yevropasanoati va qishloq xo'jaligi Reja: Mashinasozlik Yevropaning yetakchi sanoat tarmog'I Yevropada sanoat tarmoqlari Qit'ada neft va tabiiy gaz konlarining ochilishi Yevropaning xalqaro geografik mehnat tizimidagi o'rni va ahamiyati 200 yildan ziyod davr mobaynida sanoat orqali belgilanadi. Mashinasozlik Yevropaning yetakchi sanoat tarmog'i hisoblanadi. Mazkur tarmoq butun sanoat mahsulotining 12, eksportning 23 qismini tashkil qiladi. Myunxen, Tuluza, Turin, Manchester, Brussel shaharlari harbiy sanoat markazlari bo'lib hisoblanadi. Yevropada sanoat tarmoqlari ichida mashinasozlikdan keyin ikkinchi o'rinda kimyo va neft-kimyo sanoati turadi. Qit'ada nafaqat regionning, balki butun dunyoning eng «kimyolashgan» davlati - GFR joylashgan. Qit'ada neft va tabiiy gaz konlarining ochilishi neft-kimyo tarmog'ining rivojlanishiga sabab bo'ldi. Qit'aning sharqidagi neft va gaz magistral quvurlari o'zining yonida neft va tabiiy gazni qayta ishlovchi korxonalar va neft-kimyo majmualarining vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Yevropaning Polsha va Chexiya davlatlarida toshko'mir va qo'ng'ir ko'mir katta miqdorda qazib olinadi. Jahon miqyosida yoqilg'i-energetika balansida muhim o'rin egallagan qo'ng'ir ko'mir havzalari qatoriga Balxatuv (Polsha), Shimoliy Nesh (Chexiya),Post Lauziya va Galle-Leypsig (Germaniya) havzalari kiradi. Qora metallurgiya, avvalambor, yoqilg'isi va xomashyosi mavjud bo'lgan Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Lyuksemburg, Polsha, Chexiyada rivojlandi. Rangli metallurgiyaning asosiy tarmoqlari aluminiy va mis sanoatidir. Aluminiy ishlab chiqarish xomashyo va elektroenergiyaga boy Fransiya, Italiya, Vengriya, Ruminiya, Gretsiya, Germaniya mamlakatlarida rivojlangan. Yevropada yengil sanoat o'zining oldingi ahamiyatini birmuncha yo'qotdi. Lekin so'nggi yillarda yengil sanoat Janubiy Yevropaga ko'chayotganligini ta'kidlab o'tish lozimdir. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining yalpi hosili va turlari bo'yicha Yevropamamlakatlarining ko'pchiligi o'zlarining ichki ehtiyojlarini to'la qondiradi va ularning qolgan qismini eksport qiladi. Dehqonchilik aholining asosiy ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, balki chorvachilik tarmog'iga ham xizmat qiladi. Janubiy Yevropada dehqonchilik chorvachilikdan ustun ahamiyatga ega. Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya va boshqa mamlakatlar boshoqli (bug'doy, arpa, suli, sholi) va moyli (zaytun daraxti, kungaboqar) ekinlarini yetishtirish bo'yicha dunyoda yuqori o'rinlarni egallaydi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.35 MB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.35 MB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:20 ]
Arxiv ichida: pptx