Yevropadagi eng rivojlangan davlatlar

Yevropadagi eng rivojlangan davlatlar

O'quvchilarga / Geografiya
Yevropadagi eng rivojlangan davlatlar - rasmi

Material tavsifi

9-sing Geografiya darsligi asosida 31 § - mavzu Yevropadagi eng rivojlangan davlatlar Germaniya federativ Respublikasi Tabiiy boyliklari Aholisi Reja: Yevropadunyoning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan regionlaridan biridir. Shuning uchun ham uning hududida dunyo miqyosida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan ko'pgina mamlakatlarning joylashganligi bejiz emas. Yevropadagi eng rivojlangan davlatlar ichida o'zining ulkan iqtisodiy salohiyati va rivojlanganlik darajasiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi keskin ajralib turadi. Germaniya Yevropamarkazida joylashgan. Quruqlikda u Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Fransiya, Shveysariya, Avstriya, Chexiya, Polsha, Daniya bilan chegaradosh. Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida uning iqtisodiy va siyosiy-geografik holatining o'ziga xos xususiyatlari muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Yevropaning markazida, iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlangan davlatlarga yaqin, transYevropabosh yo'lining kenglik va uzunlikdagi kesishgan yerida joylashganligi Germaniyaga katta foyda keltirmoqda. Muhim afzalliklardan yana biri -Germaniyaning dengiz yaqinida joylashgani va qo'shni mamlakatlarning yirik port shaharlari (Rotterdam, Antverpen va b.) ga yaqinligi bilan bog'langandir. 1989-yilning oktabrida ikki davlat - GFR va GDR birlashganidan keyin Germaniya hozirgi chegaralariga ega bo'ldi. Natijada, GFR hududi 43 % ga, aholisi esa 27 % ga ko'paydi. Rudali foydali qazilmalarning konlari o'rtacha balandlikdagi tog'larga, neft va tabiiy gaz konlari esa Shimoliy Germaniya pasttekisligiga to'g'ri keladi. G'arbiy Yevropadavlatlari o'rtasida Germaniya o'zining toshko'miri va qo'ng'ir ko'miri bilan ajralib turadi. Toshko'mirning asosiy konlari Rur, Saar va Axen havzalarida joylashgan, ko'mirning 23 qismi yuqori sifatli kokslanadigan ko'mirdir. Qurilish materiallari ishlab chiqarish va shisha sanoati uchun xomashyo resurslari kattadir. Mamlakatning yirik daryolari - Reyn, Elba, Vezer, Ems (Shimoliy va Boltiq dengizlari havzalari) va Dunay (Qora dengiz havzasi). Ikki nemis davlati birlashganidan so'ng mamlakat aholisi keskin ko'paydi va hozir 81,0 mln. kishini tashkil qiladi Davlat tili - nemis tili Aholining eng ko'p qismi nemislar, qolganlari - dunyoning turli davlatlaridan kelgan muhojirlardan iborat Ustuvor din - xristian dini. Mamlakatda 40 mln. protestantlar, 35 mln. katoliklar mavjud. Janub va g'arbda katoliklar ko'p uchraydi, qolgan hududlarda protestantlar ustunlikka ega. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.03 MB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.03 MB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga