Yevropaning geografik o'lkalari

Yevropaning geografik o'lkalari

O'quvchilarga / Geografiya
Yevropaning geografik o'lkalari - rasmi

Material tavsifi

Yevropaning geografik o'lkalari Reja: 1. Fennoskandiya. 2. Islandiya. 3. O'rta Yevropatekisligi 4. Markaziy Yevropava Britaniya orollari 5. Alp-Karpat Yevropasi. 6. O'rta dengiz Yevropasi, 7. Sharqiy Yevropatekisligi. Yevropashakllanish tarixi, geologik asosi, relyefi, iqlimi va tabiiy sharoitiga ko'ra bir-biridan tubdan farq qiluvchi bir necha tabiiy geografik o'lkalarga bo'linadi. Bu o'lkalarni o'rganar ekanmiz, ularni alohida o'lka sifatida ajratilishiga albatta asos borligiga amin bo'lamiz. Yoshi va litologik tarkibidagi tafovutga qaramasdan Fennoskandiya relyefining tarkib topish tarixi ozmi-ko'pmi hamma joyda bir xil. To'rtlamchi davrda Fennoskandiya bir necha marta muz bilan qoplangan va muzlik vujudga keladigan markaz bo'lgan. Muzliklar va muz suvlari muzlik relyefining ajoyib komplekslarini vujudga keltirgan. Fennoskandiya 56° shimoliy kenglik bilan 71° shimoliy kenglik orasida joylashgnaligi sababli iqlim juda qattiq, bulutli va tunmanli kunlar ko'p, kuchli shamollar esib turadi. Iliq oqimli siklon sirkulyatsiyasi bo'lib turadigan Atlantika okeaniga yaqin bo'lganidan bu yerda yog'in-sochin serob va qish davomida ob-havo shu kenglikdagi boshqa joylarga nisbatan iliqroqdir. Eng janubini hisobga olmaganda yoz qisqa va salqin, iyulning o'rtacha haroratsi janubda 17°S dan shimolda 10-12°S gacha tushadi. Yog'in turli joyda turli miqdorda yog'sa ham (g'arbda yiliga 2-3 ming mm va sharqda 400-600 mm) hamma joyda bug'lanishga nisbatan ortiq, natijada namgarchilik ortiqcha, botqoqlar serob, katta potensial suv energiyasi zapaslariga ega bo'lgan sersuv daryolar ko'p. Ko'pchilik rayonlarda vegetatsiya davri 120 kunga yetmaydi. Bu esa faqat boreal o'simliklar uchun qulaydir. G'arbiy Yevropaqarag'ay-yel taygasi asosiy o'simlik tipi hisoblanadi. Yirik botqoqliklar, torfzorlar va vereskzorlar ko'p. Iqlim sharoiti dehqonchilik uchun uncha ko'lay emas. Ana shuning uchun ham tabiiy landshaftlar, jumladan o'rmonlar ham, yaxshi saqlanib qolgan. O'rmon muhim tabiiy resurs bo'lib, Finlyandiya, Shvetsiya va Norvegiyaning eksportida muhim o'rin tutadi, Gidroresurslardan elektr energiyasi olishda keng foydalaniladi. Norvegiya bilan Shvetsiya dunyoda eng ko'p elektrlashtirilgan mamlakatlardndir. Fennoskandiya temir va mis rudalariga hamda qurilish toshlariga boy. Tog'lik oblast Fennoskandiyaning g'arbiy tog'li qismi ikkita yirik orografik birlik: Skandinaviya tog'lari va Norlandiya yassi tog'ligidan iborat. Skandinaviya tog'lari shimoli-sharqiy yo'nalishda cho'zilgan o'rtacha balandlikdagi usti yassi to'lqinsimon, tog'liklar-fyeldlardan iboratdir. Fyeldlarni tektonik vodiylar ayrim massivlarga ajratib qo'ygan. G'arbdan fordlar, sharqdan daryo vodiylari va fordsimon ko'llar ana shu vodiylar bo'ylab kirib borgan. Skandinaviya tog'larining sharqiy yon bag'ri g'arbiy yon bag'ridan qiyarok, lekin Normandiya yassi tog'ligiga jarlik hosil qilib tik tushadi. Skandinaviya tog'laridan Normandiya yassi tog'ligiga o'tiladigan yon bag'ir qattiq bukilgan, bu yerda uzun f'ordsimon ko'llar va chuqur daryo vodiylari hosil bo'lgan. Skandinaviyaning sharqiy qismini kesib o'tadigan tektonik yoriqlar ko'pincha shimoliy-g'arbiy yo'nalishdadir. Yer yuzasi zina shaklida bo'lganidan bunday yoriqlarda serostona konskvent daryolar hamda trog ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.92 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.92 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga