Yevropaning iqlimi va ichki suvlari

Yevropaning iqlimi va ichki suvlari

O'quvchilarga / Geografiya
Yevropaning iqlimi va ichki suvlari - rasmi

Material tavsifi

YEvropaning iqlimi va ichki suvlari Yevropaiqlimi shakllanishida bevosita uning geografik o'rni, orografik tuzilishi juda katta ahamiyatga ega. Jumladan uni Atlantika okeani xavzasida joylashganligi okeandagi Iliq oqimning mavjud ekanligi hamda hududning shimoliy-sharqiy tomon kengayib borishi hudud iqlimini o'ziga xos tarzda shakllanishiga sabab bo'ladi. hudud iqlimini shakllanishida radiatsiyaning umumiy miqdori va radiatsiya balansini ahamiyati juda atta. hududda radiatsiya balansi va radiatsiya miqdori janubdan shimolga tomon kengayib boradi. Sitsiliya va Bolqonda yillik radiatsiya miqdori 160, Parij kengligida 100 kkal.sm ga teng. Radiatsiya balansi ham Yevropaning janubida 80, Parij kengligida 40, Shimoliy Skandinaviyada 30 kkal.sm ga teng. Butun Yevropayozda radiatsiya balansi musbat, qishda esa faqatgina O'rta dengiz buyidagina radiatsiya musbat bo'lib, qolgan rayonlarda manfiy yoki O ga yaqindir. Yevropaustida asosiy tipdagi havo massalari xukmronlik qiladi. O'rta kengliklar havo massalari, Arktika va tropik havo masalari mavjud. hudud iqlimini shakllanishida Atlantika okeani ustida tarkib topadigan o'rta kengliklar havo massalari ta'siri juda yuqoridir. Mo'tadil kengliklardagi dengiz havosi hamda kontinental havosi o'rtasidagi farq juda katta bo'lib quruqlik havosi uncha katta rol o'ynamaydi. Arktika havosi esa asosan shimoliy hududlarga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Atmosfera sirkulyatsiyasi atmosfera bosimini hudud bo'yicha taqsimlanishiga bog'liq. Jumladan Arktika va subtropiklarda yuqori bosim mintaqalari va ularning oralig'ida past bosim mintaqalarining mavjudligi, hududga kirib keladigan havo massalarini asosan shu yuqori bosimli mintaqalardan kelishiga sabab bo'ladi. hududga Markaziy Osiyo va Azor orollari yaqinidagi Azor maksimumlarini ta'siri kuchlidir. Atmosfera sirkulyatsiyalari mavsumiy xarakterga ega bo'lib mavsumlar bo'yicha almashinib turadi. Sharqqa borgan sari havo massalarining o'zgarishi natijasida g'arbiy havo oqimining haroratsi kamaya boradi va bu yerlarda dengiz iqlimi tipi bir muncha o'z xususiyatini yo'qotadi. Termik sharoitning hudud bo'ylab notekis bo'lishi qishda qor qoplami uzoq vaqt turmasligiga sabab bo'ladi qor Fennoskandiyaning shimolida 6-7 oy, janubida va Germaniya-Polsha tekisligining sharqida 1-2 oy, Dunay bo'yi tekisliklarida 3-4 hafta qolgan hududlarda undan ham kam muddat saqlanib turadi. Atlantika sohilida ayniqsa yog'in kam yog'ib sharqqa tomon kamayib boradi. Bunga sabab siklon faoliyatining kamayib dengiz havosini quruqlik havosi bilan almashinishidir. Qish fasli havo haroratsi Madridda -12, Pimla - 4,, Londonda -13, Berlinda -26, Murmanskda - 38 ko'rsatkichga ega, Yozda esa Madridda +44, Pimla +39, Londonda +34, Berlinda +38, Murmanskda +33 ko'rsatkichga ega. Yog'in miqdorini geografik taqsimlanishida hududga qirib keluvchi Islandiya minimumi va g'arbiy yo'nalishidagi shamollar oqimi katta ta'sir ko'rsatadi. hududning namlik koeffitsiyenti bir muncha yuqori ekanligi hududa yog'in miqdorini ham materikni ichki qismiga nisbatan bir muncha ko'p bo'lishiga sabab bo'ladi. hududni katta qismida 9 00 mm yog'in yog'adi. Yevropaarktika, subarktika, mo'tadil va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 549.46 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 549.46 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga