Yevropaning shakllanish tarixi. Relyefi. Foydali qazilmalari

Yevropaning shakllanish tarixi. Relyefi. Foydali qazilmalari

O'quvchilarga / Geografiya
Yevropaning shakllanish tarixi. Relyefi. Foydali qazilmalari - rasmi

Material tavsifi

Evropaning shakllanish tarixi, relefi, foydali qazilmalari Reja: 1. Yevrosiyo materigiga umumiy ta'rif. 2. Yevropaning shakillanish tarixi. 3. Relefi va geologik tuzilishi. 4. Foydali qazilmalari. Yer shari aholisining yarmidan ortig'i yashaydigan va planetamizdagi eng katta quruqlik massivi bo'lmish Yevrosiyo materigini to'rt okean Shimoliy Muz okeani, Atlantika okeani, Tinch okeani va Xind okeani o'rab olgan bo'lib, u ekvator bilan 77° shim. kenglik orasida joylashgan. Materikning chekka nuqtalari - Chelyuskin burni (77° 43 sh.k.). Piay burni (1°16 sh.k.). Roka burni (9°34 g.u.) va Dejnyov burnidir (169° 40 g'.u.). U shimoldan janubga 8 ming km ga, g'arbdan sharqka 16 ming km ga cho'zilgan. Yevrosiyoga kiritiladigan bazi orollar bu materikdan ancha olisda joylashgan. Shpitsbergen, Frants Iosif Yeri va Severnaya Zemlya orollari 80° sh.k. dan shimolga kirib borgan. Malayya arxipelagidagi orollar esa janubiy yarim sharda 11° sh.k. gacha tushib kelgan. Atlantika okeanidagi Azor orollari 28° g'.u. dadir. Orollarning umumiy maydoni 2,75 mln. km2, Yevrosiyoning maydoni orollar bilan birga -53,4 mln. km.kv. Materikning juda kattaligi uning tabiiy sharoiti juda murakkab va xilma-xil ekanligiga sabab bo'lgan. Yevrosiyoning g'arbiy qismi, yani Yevropaqitasi eng tor bo'lib, uni dengizlar juda parchalab yuborgan: maydonining 13 qismi orollar va yarim orollarga to'g'ri keladi hamda dengizdan eng uzoqdagi joyi atigi 600 km keladi. Materik sharqqa tomon kengaya boradi. Osiyo qismida orollar va yarim orollarga materik jami maydonining 14 qismi to'g'ri keladi. G'arbdan sharqqa tomon materik yer yuzasining xarakteri ham o'zgara boradi. Yevropaning parchalangan relefi Sharqdan Sharqiy Yevropa, G'arbiy Sibir va Turon tekisliklarining hamda O'rta Sibir platosining keng saxni bilan almashinadi. Yevrosiyoni g'arb va janubi-g'arbdan Atlantika okeani va uning dengizlari o'rab turadi. Bu okeanning Yevrosiyoga bevosita tutashib turuvchi shimoli-sharqiy qismi O'rta Atlatika tizmasidan sharqda G'arbiy Yevropasuv osti soyligidan iborat; uning eng chuqur joyi 600 m dan ortadi. Materik sayozligidan shimolda Shimoliy Muz okeani bir qancha chuqur suv osti soyliklariga bo'linib ketgan: bu soyliklarni bir-biridan ajratib turgan suv osti tizmalarida bir gruppa materik orollari-Shpitsbergen, Frants-Iosif Yeri va boshqalar joylashgan. Bazi orollar 80° sh.k. dan shimoldadir. Shimoliy Muz okeanini Tinch okeanidan suv osti balandliklari ajratib turadi, bu balandliklar ustida chuqurligi 50 m gacha bo'lgan Bering bug'ozi joylashgan. Yevrosiyoning sharqiy qirg'oqlarini Tinch okean suvlari yuvib turadi, bu okean butun Dunyo okeanining yarmini tashkil etadi. Tinch okeanining g'arbiy qirg'oqlari nixoyatda o'yilib ketganligi va orollarning juda ko'pligi bilan ajralib turadi. Deyarli meridional yo'nalgan qator orollar va yarim orollar bir-biriga tutash chekka dengizlar sistemasini okeandan ajratib turadi, chunonchi, Kamchatka yarim oroli va Kuril orollari Oxota dengizini, Yapon orollari va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.22 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.22 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga