Yevrosiyo aholisi va siyosiy xaritasi haqida ma'lumot

Yevrosiyo aholisi va siyosiy xaritasi haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Yevrosiyo aholisi va siyosiy xaritasi haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Geografiya 6- sinf Mavzuning texnologik xaritasi va o'tkazilish ishlanmasi Dars jihozi: Dunyoning tabiiy va siyosiy xaritasi, 6-sinf o'quv atlasi, yozuvsiz xarita, 6-sinf darsligi, Kompyuter Osiyo ITP tomonidan yaratilgan o'quv filmi, tarqatma savol va topshiriqlar. Dars rejasi: 1. O'qituvchining kirish so'zi (1 daqiqa). 2. Guruhlarga bo'linish (2 daqiqa). 3. Biz bilgan bilimlar (xotirani sinash 6 daqiqa). 4 Yangi mavzu bayoni. O'qituvchining kichik ma'ruzasi (10 daqiqa). 6.Yer shari aholisi filmini ko'rish (4 daqiqa). 7. Atlas va yozuvsiz xarita bilan ishlash (5 daqiqa). 8. Guruhlar taqdimoti (10 daqiqa). 9. Mavzuni mustahkamlash (2 daqiqa). 10. O'quvchilarni rag'batlantirish va baholash (2 daqiqa). 11. Test sinovi. (3 daqiqa) 12. Uyga vazifa. 1. O'qituvchining kirish so'zi (1daqiqa). Darsning tashkil etilishi: a) salomlashish, davomatni aniqlash; b) o'quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish; 2. Guruhlarga bo'linish (2 daqiqa). O'quvchilar tanlagan emblemalari orqali 5ta guruhga bo'linib, joylariga o'tirishadi (emblemalar ilova qilinadi). I-guruh. Parij II-guruh. Madrid II-guruh. Toshkent IV-guruh. Budapesht V-guruh. Tehron 3. Biz bilgan bilimlar (xotirani sinash - 6 daqiqa). O'quvchilarning Yevrosiyo materigi bo'yicha olgan bilim, ko'nikma va malakalari tekshirish uchun Biz bilgan bilimlar so'rovnomasi (javoblar bilan birgalikda) beriladi. Ular qog'ozchalardagi javoblardan to'g'ri javobni topib, savollar yoniga joylashtirishlari kerak. Guruhlar o'qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo'yilgan savol va topshiriqlarni tanlab oladilar. (savollar ilova qilinadi). 1. Yo'lbars, panda, yak, fil, piton iloni Yevrosiyo materigining qaysi tabiat zonasi uchun xos? Javob: Materikning mo'tadil va issiq iqlimli mintaqasida. 2. Sal daraxti materikning qaysi tabiat zonasida o'sadi? Javob: tropik savannalari zonasida. 3. Panda qaysi tabiat zonada yashaydi? Javob: fasliy nam o'rmonlar zonasida 4. Ferralit- laterit qanday tuproqlar tarqalgan? Javob: ekvatorial mintaqa tabiat zonasida 5. Rub -el Xali qumli cho'li materikning qaysi tabiat zonasida joylashgan? Javob: tropik mintaqa tabiat zonasida 6. Hayot ildizi yani jenshen dorivor o'simligi qaysi tabiat zonada o'sadi? Javob: Uzoq Sharqdagi musson o'rmonlada. 7. Sharqiy Yevropatekisligida necha foiz yerlar o'zlashtirilgan? Javob: 60% Javob: 80% 8. Ilmen qo'riqxonasi qaysi tog'da barpo etilgan? Javob: Ural tog'ida Javob: Kavkaz tog'ida 9. Chotqol qo'riqxonasi qaysi tog'da barpo etilgan? Javob: G'rbiy Tayanshanda Javob: Turkiston tog' tizmasida 10.Terayalarining iqlim sharoiti yerdan necha marta hosil olish imkoniyatiga ega? Javob: 2- 3 marta hosil olish imkoniyatiga ega. (Odatda, yozda sholi, jut, shakarqamish, qishda esa arpa, grechixa va bug'doy yetishtiriladi) Javob: 2- 3 marta hosil olish imkoniyatiga ega. (Odatda, bahorda sholi, jut, shakarqamish, kuzda esa arpa, grechixa va bug'doy yetishtiriladi) O'qituvchi tomonidan guruhlarning to'g'ri javobi uchun rag'bat bayroqchasi beriladi. ( rag'bat bayroqchasi ilova qilinadi). 4 Yangi mavzu bayoni. Juftliklarda ishlash (10 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.14 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.14 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga