Yevrosiyo har bir tabiiy geografik o'lkasining umumiy ta'rifi Reja: 1.Yevrosiyo materigi haqida 2.Yevrosiyo ichki suvlari va tuzilishi 3.Yevrosiyo muzliklari Yevrosiyo materigi katta maydonni egallaganligi, geologik va relyef tuzilishining murakkabligi, to'rtta okean havo massalarining ta'siri, Shimoliy yarimsharning barcha iqlim mintaqlari va tabiat zonalarining mavjudligi materik tabiatining xilma-xilligiga sabat bo'lgan. Odatda, materik tabiatining xilma-xilligi uning hududiy bo'linishiga asos bo'ladi. Geografik qobiqdan keyingi ikkinchi yirik tabiat komplekslari okeanlar va materiklardir. Agar materiklar tabiatini sinchkovlik bilan tahlil qilsak, bir-biridan farq qiladigan qismlar - o'lkalar borligini ko'ramiz. O'xshash va o'xshash bo'lmagan tabiat komplekslarini ajratib, ular o'rtasidan chegara o'tkazsak, hududiy farqlari bo'lgan tabiiy-geografik rayon (kichik o'lka) lar namoyon bo'ladi. Demak, tabiiy-geografik rayonlashtirish deganda, materiklarning bir-biridan farq qiladigan muayyan qismlarga ajratish jarayoni tushuniladi. Yevrosiyo materigi tabiatini hududiy farqlariga ko'ra rayonlashtirganda ham kenglik zonalligi, ham balandlik mintaqalanishiga va uzoqlik bo'yicha ta'sir etadigan omillarning xususiyatiga e'tibor beriladi. Yuqorida aytilgan fikrlarga asoslanib, Yevrosiyo materigida bir-birlaridan hududiy farq qiladigan ko'plab yirik va kichik o'lkalar ajratilgan. Masalan, Yevrosiyo hududi Shimoliy Yevropa, O'rta Yevropa, Janubiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, G'arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, Janubi-G'arbiy Osiyo, Old Osiyo, O'rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo yirik o'lkalariga bo'lingan. Shubhasiz, agar ushbu o'lkalar tabiati yanada chuqurroq o'rganilib, tahlil qilinsa, yirik o'lkalar tarkibida bir-biridan hududiy farqlanuvchi kichik o'lkalarni ajratish mumkin.Yevrosiyo, Yer sharidagi eng katta materik bo'lib, tarkibi Yevropava Osiyo qit'alaridan iborat.[3][4] Yer maydoni 55 million km2, shundan 2,75 million km2'i orollar hisoblanadi. Materikning uzunligi g'arbdan sharqqa 16 ming km, eni shimoldan janubga 8 ming km. Yevrosiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari shimolda Chelyuskin burni, janubda Piay burni, g'arbda Roka burni, sharqda Dejnev burni. Yevrosiyoga Yer sharidagi quruqlikning 36,6%'i to'g'ri keladi, materikda Yerdagi jami aholining qariyb 74%'i yashaydi. Aholisi 5,2 milliard kishi (19-oktabr 2017).[5][6] Yevrosiyoning janubi-sharqidagi bir qancha orollar janubiy yarimsharda joylashgan. Yevrosiyoni g'arbdan Atlantika okeani, shimoldan Shimoliy Muz okeani, janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okeanlari va ularning chekka dengizlari o'rab olgan. Yevrosiyo eng qadimgi madaniyat maydonidir. Yevrosiyoning iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyotida Yevrosiyo materigining turli qismlarini bog'lovchi Buyuk Ipak yo'lining ahamiyati katta bo'lgan. Quruqlikning yaxlitligi, ko'pgina iqlimiy jarayonlarning umumiyligi, organik dunyo taraqqiyotining va boshqa tabiiy tarixiy hodisalarning o'xshashligi Yevropabilan Osiyoni yagona nom Yevrosiyo deb atashga imkon beradi. Yevrosiyo tushunchasi geologiya va geografiya fanlariga 1883-yilda E. Zyuss tomonidan kiritildi.[7] Yevroosiyo yer yuzasidagi eng katta eng baland materik (8848). Shimoliy yerimsharning sovuqlik qutbi mavjud. Yevroosiyo hududida sakkiz minglik 14 ta cho'qqining barchasi joylashgan. Qor chizig'i eng balanddan o'tgan joy balandlik qutbi (6400 m,Markaziy Tibet) ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.73 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:21
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.73 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:21 ]
Arxiv ichida: docx