Yevrosiyo materigi asosiy shaharlari iqlimining xususiyatlari

Yevrosiyo materigi asosiy shaharlari iqlimining xususiyatlari

O'quvchilarga / Geografiya
Yevrosiyo materigi asosiy shaharlari iqlimining xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Yevrosiyo materigi asosiy shaharlari iqlimining xususiyatlari Reja: Yevrosiyo materigi iqlimining shakllanishi. Yevro osiya harorati Yevrosiyo materigi ichki suvlari. Yevrosiyo iqlimida bu materik maydonining juda kattaligi bilan bog'liq xususiyatlar yaqqol aks etgan. Materik asosiy qismining ekvator bilan Shimoliy qutb iy doira oralig'ida joylashganligi, sharqiy va markaziy qismlarning yaxlit ekanligi, g'arbiy va janubiy qismlarining esa parchalanganligi, okean havzalarining ta'siri, orografiyasining murakkabligi Yevrosiyo iqlim sharoitining nihoyatda xilma-xil bo'liShiga olib kelgan. Yevrosiyoda yillik yalpi radiatsiya quyidagi miqdorlarda o'zgaradi: u Arktika orollarida 60 kkalga, Yevropaning g'arbiy qismida 70-140 kkalga, Osiyoning janubi va janubi-Sharqida 120-180 kkalga teng, Arabiston yarim orolida esa Yer yuzidagi eng katta miqdorga, ya'ni 200-220 kkalga teng. Yevrosiyoda yillik radiatsiya balansi 10 kkaldan 80 kkalgacha o'zgaradi. Yevrosiyo va uning atrofidagi okean havzalarining yanvar izobarlari kartasida quyidagi barik oblastlar (bosim oblastlari) yaqqol ajralib turadi. Atlantika okeanining Shimoliy qismida past bosimli berk oblast (Shimoliy Atlantika yoki Islandiya minimumi) mavjud, bu past bosim oblasti Shimoliy Atlantika iliq oqimining ta'siri va Shimoliy Amerika qirg'oqlaridan Sharqqa tomon harakat qiluvchi past bosimli siklonlarning tez-tez o'tishi bilan bog'liqdir. Iliq oqim tarmog'ining ta'siri va dengizlar quruqlik ichiga chuqur kirib kelganligi munosabati bilan past bosim Shimoliy Muz okeanining janubiy qismi hamda Yevropaning g'arbiy sohiliga ham yoyiladi. Janubroqda, 30° Sh. k. paralleli yaqinida Yuqori bosim oblasti (Shimoliy Atlantika yoki Azor maksimumi) bor; u shimoliy yarimshardagi baland bosimli subtropik zonaning bir qismidir. Bu barik oblastlarning o'zaro ta'siri Yevropada meteorologik sharoitning qaror topishida ayniqsa katta ahamiyatra egadir. Azor antisiklonining shimoliy va sharqiy chekkasi bo'ylab harakat qiluvchi havo massalari shimoliy Atlantika bilan Yevropaning g'arbiy chekkasidagi past bosim oblastiga kelib qo'shiladi va mo'tadil mintaqada g'arbiy va janubi - g'arbiy yo'naliShdagi siklon shamollari sistemasini hosil qiladi; bu siklon Shamollari nisbatan iliq okeandan materikka tomon esib, ko'p miqdorda yog'in keltiradi. Bu vaqtda qutbiy kengliklarda sharqdan esuvchi shamollar ustun turadi. Yevropada siklonlar o'tganda havoni bulut qoplab yomg'ir yoki ho'l qor yog'adi, bunday ob-havo g'arbiy Yevropaning qiShi uchun tipikdir. Ko'pincha o'rtacha kengliklarning dengiz havosidan so'ng Arktika havosi kirib kelib, temperaturaning keskin pasayiShiga va yog'inlarning kamayiShiga sabab bo'ladi. Arktika havosi janubga yoyiladi, biroq Yevropaning janubiy qismiga kamroq kirib keladi, chunki uni kenglik yo'naliShidagi tog' tizmalari to'sib qoladi. Sharqqa tomon Arktika havosi ichkariroqqa kirib keladi va uzoq saqlanib turadi. G'arbiy havo massalari materik ustidan o'tganda soviydi va quruqlashadi. Osiyoning ichki rayonlari ustida atmosferaning Yer yuzidagi pastki qismlari sovishi natijasida antisiklon oblasti vujudga keladi. G'arbdan kelayotgan transformatsiyalashgan havo massalari bu antisiklonga kelib, uni yanada kuchaytiradi. Bunda Osiyo ichki qismlari orografiyasining ta'siri ham seziladi: antisiklon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.58 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:21 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.58 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga