Yevrosiyo materigining shakillanish tarixi, geologik tuzilishi, tektonikasi relyefi

Yevrosiyo materigining shakillanish tarixi, geologik tuzilishi, tektonikasi relyefi

O'quvchilarga / Geografiya
Yevrosiyo materigining shakillanish tarixi, geologik tuzilishi, tektonikasi relyefi - rasmi

Material tavsifi

Yevrosiyo materigining shakillanish tarixi geologik tuzilishi tektonikasi relyefi va foydali qazilmalari Yevrosiyoning iqlimi boshqa materiklar iqlimiga qaraganda ancha xilma-xil.Materik iqlimining xususiyatlari, avvalo, Yevrosiyo hududining shimoldan janubga va g'arbdan sharqqa qarab juda katta masofaga cho'zilganligiga bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, okeanlardan keladigan havo massalariga va relyefiga bog'liq. RELYEFI Quruqlikning shimoldan janubga qarab uzoq masofaga cho'zilganligi issiqlikning taqsimlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Yevrosiyoda iyul oyining o'rtacha harorati ancha yuqori. Uning shimolida bu harorat +12°C ga va janubida +28°C ga teng. Arabiston yarimorolida esa +32°C ni tashkil etadi. Qish materikning g'arbida iliq, lekin shimoli-sharqida juda sovuq bo'ladi. Ayniqsa Sibirda yanvar oyining o'rtacha harorati -48°C gacha pasayadi. Ayrim kunlari bu harorat Oymyakonda -71°C ga tushib ketgan. Shuning uchun bu yer Shimoliy yarimsharning «sovuqlik qutbi» deb ataladi. Qish Yevropaning janubi-g'arbida iliq, Osiyoning janubida esa issiq (+20°C) bo'ladi. Asosiy iqlim elementlaridan hisoblangan yog'in miqdori ham materik ichkarisi tomon kamayib boradi. Masalan, O'rta va Markaziy Osiyo hududlaridan qaysi tomonga yurishingizdan qat'iy nazar yog'in ko'payib boradi. Dunyodagi eng ko'p yog'in tushadigan joy Cherrapunja rayonidir. Bu yerda o'rta hisobda yiliga 12 665 mm yog'in yog'adi. 1856 yilda bu yerga 23 00 mm ga yaqin yog'in tushgan. Yevrosiyoda iqlim sharoiti faqat kenglik bo'ylab o'zgarib qolmasdan, balki g'arbdan sharqqa tomon ham o'zgaradi. Iqlimning bunday o'zgarishiga asosiy sabab, Yevrosiyo materigining g'arbiy qismi doimo Atlantika okeanidan keladigan iliq va nam dengiz havo massasi ta'sirida bo'lganligidir. Natijada, G'arbiy Yevropada yog'in ko'p yog'adi. qish ancha iliq, yoz esa salqin bo'ladi. Bunday iqlim sharoiti, ayniqsa, mo''tadil mintaqada yaqqol namoyon bo'ladi. Yevrosiyo yer yuzasining tuzilishi ham iqlimning hosil bo'lishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, baland tog' tizmalari atmosferada harakat qilayotgan iliq va sovuq havo massalarini to'sib qolib, iqlimning keskin o'zgarishiga sabab bo'ladi. Bunday holni Alp, Kavkaz, Tyanshan, Himolay tog'lari misolida ko'rish mumkin. Bu tog' tizmalari g'arbdan sharqqa tomon cho'zilgan bo'lib, shimoldan keladigan sovuq shamollarning janubga o'tishiga to'sqinlik qiladi. Masalan, Kavkaz tog'larining shimoliy yonbag'ri mo''tadil, janubiy yonbag'ri esa subtropik iqlim mintaqasiga qaraydi. Atlantika okeanidan keladigan sernam havo massalari yo'lida to'siqqa uchramay, materikning ichkari qismlarigacha kirib boradi. Lekin Kavkaz tog'ining janubida tog'lar to'sib qoladi va yiliga 3 500 mm yog'in yog'adi. Qish oylarida ham Kolxida pasttekisligiga qor yog'maydi. Sababi: Katta Kavkaz tog'lari Arktikaning sovuq havo massalarini to'sib qoladi. Bu yerlar nam subtropiklardir. Yevrosiyo tog'larida iqlim sharoiti balandlik mintaqalari bo'yicha ham o'zgaradi. Materik geologik tuzilishiga ko'ra ko'p geologik davrlar davomida boshqa materiklar bilan bog' liq bo'lgan. Agar biz Yevropani o'zini alohida geologik tarixi taraqqiyotini analiz qilib ko'radigan bo'lsak Yevropada to'rtta tektonik oblastni ajratish mumkin: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 333.13 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:22 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 333.13 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga