Yevrosiyo qirg'oqlari yaqinidagi okeanlar Yevrosiyoni g'arb va janubi-g'arbdan Atlantika okeani va uning dengizlari o'rab turadi. Bu okeaniing Yevrosiyoga bvosita tutashib turuvchi shimoli-sharqiy qismi O'rta Atlantika tizmasidan sharqda G'arbiy Yevropasuv osti soyligidan iborat; uning eng chuqur joyi 600 m dan ortadi. Bu soylik tubida okean typidagi yer po'sti joylashgan. Materik yonbag'rining tik ko'tarilgan qismi suv osti soyligining materik sayozligiga o'tuvchi joyidan iborat bo'lib, u Yevropaning g'arbiy qirg'oqlari yaqinida ayniqsa kengdir. Xuddi shu joyda Biskay qo'ltig'ining shimoli-sharqiy qismi atrofi, yarim berk Shimoliy dengiz va Irlandiya dengizi, quruqlik o'rtasida joylashgan Baltika dengizi hamda ularni bir-biri bilan va okean bilan tutashtiruvchi bo'g'ozlar joylashgan. Materik sayozligida Britaniya orollari bor. Janubroqda materik sayozligi torayib, okean chuqurliklari Yevropaning janubi-g'arbiy va janubiy qirg'oqlariga deyarli bevosita kelib tutashadi. Eni atigi 14 km li tor Gibraltar bo'g'ozi Atlantika okeanini O'rta dengiz bilan tutashtiradi. O'rta dengiz bir qancha chuqur suv osti soyliklaridan iborat bo'lib, uni dengiz tubi balandliklari, yarim orol va orollar ayrim qismlarga bo'lib turadi. Grenlandiya bilan Skandinaviyaning janubi-g'arbiy sohillari o'rtasidagi chuqurligi 600 m dan oshmaydigan suv osti ostonasi Atlantika okeanini Shimoliy Muz okeanidan ajratib turadi. Bu ostona O'rta Atlantika suv osti tizmasi bilan kesishgan joyda, qutbiy doiradan janubda Islandiya oroli bor, undan janubi-sharqda, suv osti balandligida Farer va Shetland orollari o'rnashgan. Shimoliy Muz okeanining chuqur Norvegiya va sayoz Barents dengizlari orasida Yevropadagi eng katta yarim orol-Skandinaviya yarim oroli joylashgan. Shimoliy Muz okeanining Yevrosiyo tomonidagi keng materik sayozligi doirasida Sovet Ittifoqi qirg'oqlarini yuvib turuvchi chekka dengizlar bor. Materik sayozligidan shimolda Shimoliy Muz okeani bir qancha chuqur suv osti soyliklariga bo'linib ketgan; bu soyliklarni bir-biridan ajratib turgan suv osti tizmalarida bir gruppa materik orollari Shpitsbergen, Frants-Iosif Yeri va boshqalar joylashgan. Bazi orollar 80° sh. k. dan shimoldadir. Shimoliy Muz okeanini Tinch okeandan suv osti balandliklari ajratib turadi, bu balandliklar ustida chuqurligi 50 m gacha bo'lgan Bering bo'g'ozi joylashgan.Yevrosiyo g'arbiy qismi tabiiy sharoiti qaror topishining eng muhim omillaridan biri-Atlantika okeanining shimoliy qismidagi va Shimoliy Muz okeanining janubi-g'arbiy qismidagi iliq dengiz oqimlari sistemasidir. Bu oqimlar Meksika qo'ltig'idan oqib chiquvchi Golfstrim bilan boshlanadi. Golfstrim ochiq okeanda 40° sh. k. bilan 50° g'. u. yaqinida tugab, bir qancha tarmoqlarga bo'linib ketadi. Ikki tarmog'i janub va janubi-sharqqa tomon buriladi; eng kuchli tarmog'i esa, shimoli-sharqqa burilib, Shimoliy Atlantika yoki Golfstrim Dreyfi nomini oladi va Yevropaqirg'oqlariga etib keladi. Shimoliy Atlantika oqimi 50° sh. k. bilan 20° g'. u. yaqinida, o'z navbatida, uch tarmoqqa bo'linadi: Janubiy tarmog'i Biskay qo'ltig'iga kirib boradi, Shimoliy tarmog'i Islandiyaning janubiy va g'arbiy ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.49 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.49 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:22 ]
Arxiv ichida: doc