Yevrosiyo tuproqlari

Yevrosiyo tuproqlari

O'quvchilarga / Geografiya
Yevrosiyo tuproqlari - rasmi

Material tavsifi

Yevrosiyo tuproqlari Hozirda xorijiy Yevropaning mo'tadil mintaqadagi qismida o'rmonlar yor yuzasining 14 qismidan kamrog'ini qoplaydi, xolos, bular ham dastlabki (birlamchi) o'rmonlardan katta farq qiladi. Hozirgi keng bargli o'rmonlarning katta qismi past bo'yli ikkilamchi o'rmonlardan iborat bo'lib, ular kesib yuborilgan baland o'rmonlarning o'rnida vujudga kelgan. O'rmonli maydonlarning katta qismini inson bunyod etgan daraxt-zorlar tashkil etadi; shu daraxtzorlarda igna bargli daraxt turlari (el, pixta, oddiy qarag'ay, dengizbo'yi qarag'ayi va boshqalar) ustur turadi. Shunday qilib, Yevrosiyoning bu qismida o'rmon maydonlarining kamayish protsessi emas, keng bargli daraxt turlarining qisqarishi va igna bargli daraxt turlarining ko'payishi hisobiga ular tarkibining sun'iy o'zgarish protsessi ro'y bermoqda. Reynning o'rta oqimi bilan Sovet Ittifoqining chegarasi orasidagi rayonlar hozirgi vaqtda eng ko'p o'rmonlashtirilgan rayonlardyr. Bu yerda territoriyaning o'rmon bilan qoplanganlik darajasi 30, hatto 50 % ra etadi. sun'iy daraxtzorlarning katta massivlari Fransiyaning janubi-g'arbidadir. Britaniya orollari, Fransiyaning shimoli-g'arbi va Yutlandiyada o'rmonlar eng kam. U yerda 10% dan ham kam daraxt o'tkazilgan. Yevrosiyo o'simliklari Atlantika okeani bilan Shimoliy dengiz sohillari shamollarning kuchli esishi, namlikning ortiqcha ekanligi, tuproqlarining kislotaga boyligi va sho'rtobligi sababli qadimdan o'rmonsiz yoki o'rmonlar azaldan kesib tashlangan bo'lib, ular erika butasi siyrak o'suvchi yalangliklardan iborat. Yevrosiyoning birmuncha sharqiy rayonlarida keng bargli o'rmonlar o'rnini o'rmondasht va dashtlar egallagan. Yevrosiyoning keskin kontinental iqlimli va namlanish etishmaydigan ichki rayonlarida dashtlar keng rivoj topgan. Xorijiy Yevropada haqiqiy dasht va o'rmondashtlar Dunayning o'rta va quyi oqimidagi mo'tadil kontinental iqlimli va mo'tadil namlikka ega bo'lgan allyuvial tekisliklaridagina bo'lgan. Tuproqlari turli tipdagi qoratuproqlardan iborat. Eng unumdor (gumusi 6% dan ortiq) tipik qoratuproqlar Ruminiya territoriyasidagi Quyi Dunay tekisligi uchun xarakterlidir. Janubroqda, Shimoliy Bolgariyada ular gumusi kam janubiy qoratuproqlar bilan almashinadi. O'rta Dunay pasttekisligida gumusi 3-6% bo'lgan va ancha sho'rlangan hamda ishqorsizlangan qora tuproqlar tarqalgan. Ilgari, bu barcha rayonlarda ayrim joylarida keng bargli o'rmonlar o'sgan o'tloq dashtlar tarqalgan. Tuproqlarining hosildorligi va qulay iqlim sharoiti bu erlarda dehqonchilik, bog'dorchilik va uzumchilikni rivojlantirishga imkon bergan. Hozirgi vaqtda Dunay tekisliklarida ishlanadigan yerlar va inson barpo etgan dub (eman), terak hamda oq akatsiya (Robinia pseudacacia) o'rmonlari ustun turadi. Subtropik mintaqaning g'arbiy, Atlantika bo'yi sektorida joylashgan O'rta dengiz sohillarining qishi iliq va sernam, yozi issiq ekanligidan o'ziga xos tuproq hamda o'simlik tiplari xarakterlidir. O'rta dengiz bo'yi florasining sostavi hozirgi sharoitdan tashqari, florasining qadimiyligi va doimiy yashil o'simliklarni ham, bargini tashlovchi o'simliklarni ham o'z ichiga oluvchi qadimgi tropik elementlarning saqlanib qolganligi bilan belgilanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 325.79 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 325.79 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga