Yevrosiyoda bevosita yer yuzasidagi o'rtacha havo temperaturasi (iyul) Yevropada yozda yomg'ir qishdagiga qaraganda uncha ko'p yog'maydi, chunki siklonlar harakati susayadi. Janubiy Yevropava G'arbiy Osiyoda yozda deyarli yog'in bo'lmaydi; bunga sabab Shimoliy Atlantika maksimumining sharqiy chekkasidan shamollar esib, quruq tropik havo keltiradi. Atlantika havo massalarining g'arbdan sharqqa tomon harakati vaqtida o'zgarishiga bog'liq holda iyul oyi o'rtacha temperaturasining ortishi va yog'inlar miqdorining kamaya borishi deyarli butun materik davomida seziladi. Materikning okean tomonidan keluvchi nam havo oqimlaridan tog'lar bilan to'silgan ichki qismlarida (O'rta va Markaziy Osiyo) havo quruq va issiqdir. Arabiston yarim orolining katta qismi uchun ham yozning quruq kelishi va havo temperaturasining yuqoriligi (iyul oyining o'rtacha temperaturasi + 32°S gacha) xarakterlidir; yarim orol Shimoliy Atlantika maksimumidan keluvchi shimoli-sharqiy passatlar ta'siridadir. Materikning Tinch va Hind okeanlariga tutash sharqiy va janubiy chekka qismlari sharoiti boshqachadir. Yevrosiyoning juda katta quruqligi bilan bu okeanlar orasidagi temperatura va bosim tafovutlari yozda ayniqsa kattadir. Osiyoga Tinch okeandan barqaror nam havo kirib keladi va u kontinental havo massalari bilan qo'shilgach, jala tarzidagi yog'inlar hosil qiladi. Bu havo massasi Sharqiy Osiyoda janubi-sharqiy musson deb ataladi. Osiyoning janubida (Hindiston va Hindixitoyda) musson havo oqimlari vazifasini Hind okeanidan juda ko'p miqdorda nam keltiruvchi ekvatorial havo o'taydi. Yevrosiyoning konfiguratsiyasi, maydonining kattaligi hamda ekvatorial past bosim oblastining kengayishi sababli ekvatorial havo shimolga asosan janubi-g'arbiy musson tarzida ancha ichkari kirib boradi. Musson havo oqimlari tog'lar bilan to'silgan joylarda yog'in miqdori ayniqsa kattadir (masalan, Himolay tog'larining janubi-sharqiy yonbag'irlarida, mashhur Cherrapunji joylashgan Shillong massivining janubiy yonbag'rida va x.k.). Ekvator yaqinida joylashgan orollarda konvektiv (havo massalari ichidagi) yog'inlar katta ahamiyatga egadir. Tinch va Hind okeanlarida har yili iyun-oktyabr oylari orasida tropik siklonlar, yani tayfunlar hosil bo'ladi; biroq tayfunlar kech kuzda ham paydo bo'lib, Sharqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga katta ofat keltiradi. Tayfunlar juda kuchli siklon po'rtanasidan iborat bo'lib, ularning tezligi okeanda juda kamdan-kam hollarda 350-400 kms ga etishi mumkin, odatda esa 200-300 kms ra teng bo'ladi. Tayfunlar Novaya Gvineya bilan Ueyk oroli orasida, Tinch okeaniing shimoliy yarmida juda katta suv yuzasi ustida vujudga keladi va g'arbga tomon harakat qiladi, materik yaqinida esa shimol va shimoli-sharqqa buriladi. Tayfun turganda jala quyadi va bunda 150 mm va undan ham ko'p miqdorda yog'in tushishi mumkin. Sohillarda shamol haydab kelgan to'lqinlar katta xavf tug'diradi; bu to'lqinlar kuchli jalalar bilan birga haloqatli suv toshqinlariga sabab bo'ladi. Tayfundan Filippin va Yapon orollari ayniqsa katta zarar ko'radi, biroq ofat bazan materik chekkasining to Uzoq Sharqining janubigacha bo'lgan qismini qamrab oladi. Hind okeanida tropik siklonlar ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
502.67 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
502.67 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:22 ]
Arxiv ichida: doc