Yevrosiyoning geografik o'rni, o'rganilish tarixi

Yevrosiyoning geografik o'rni, o'rganilish tarixi

O'quvchilarga / Geografiya
Yevrosiyoning geografik o'rni, o'rganilish tarixi - rasmi

Material tavsifi

6-sinf geografiya darsligi asosida 49-mavzu: YEVROSIYO Yevrosiyoning geografik o'rni, o'rganilish tarixi Asosiy xususiyatlari. Yer yuzasidagi eng katta, eng baland supermaterik (8 848 m), Shimoliy yarimsharning sovuqlik qutbi mavjud, eng yirik yarimoroli, eng chuqur g'ori, eng chuqur va eng katta ko'li bor, eng uzun lianalar ham shu yerda (300 m) o'sadi, Shimoliy yarimsharning barcha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari shakllangan, eng katta deltasi bor, Yer sharidagi sakkiz minglik 14 ta cho'qqining barchasi shu materikda joylashgan, doimiy muzloq yerlar maydoniga ko'ra birinchi o'rinda, berk havzalar maydoniga ko'ra yetakchi, qor chizig'i eng balanddan o'tgan joy balandlik qutbi (6 400 m, Markaziy Tibet) shu yerda. Geografik o'rni. Yevrosiyo materigi Shimoliy yarimsharda to'liq joylashgan (Malayya arxipelagining ayrim orollari ekvatordan janubda). Quruqlik maydonining deyarli 36,5 % ini egallaydi. Bu materik Yevropa(maydoni 10 mln kv km) va Osiyo (maydoni 44 mln kv km) qit'alaridan tashkil topgan. Yevropaatamasi qadimgi finikiyaliklarning (assiriya) Yerep - g'arb va Osiyo atamasi Osu esa sharq so'zlaridan kelib chiqqan. Yevrosiyo materigi sharqda Bering bo'g'izi orqali Shimoliy Amerikadan ajralsa, g'arbda Gibraltar bo'g'izi uni Afrikadan ajratib turadi. Yevrosiyoning Atlantika va Tinch okean qirg'oqlari kuchli parchalangan. Materikning atrofida minglab orol va ko'plab yarimorollar joylashgan. O'rganilish tarixi. Yevrosiyo eng qadimgi sivilizatsiya markazi hisoblanadi. Dastlabki geografik xaritalar, globuslar ham shu hududda kashf etilgan. Eratosfen va Ptolemey tuzgan xaritalarda Yevrosiyo va Shimoliy Afrika aks ettirilgan. Eratosfen Ptolemey Materik to'g'risidagi dastlabki geografik ma'lumotlar qadimgi faylasuf, tabiatshunos allomalardan Gerodot (yer. av. 485 - 425- yillar), Geraklit (yer. av. IV asr), Strabon, Aflotun, Ptolemey va boshqalarning asarlarida berilgan. Yevrosiyoning ichki o'lkalari tabiatini o'rganishda o'rtaosiyolik geograf olimlarning xizmatlari juda katta. O'rta Osiyo va arab geografiyasiga asos solgan Muhammad ibn Muso alXorazmiyning (783 - 850- y.) xizmatini alohida ta'kidlash lozim. Xorazmiy ilmiy faoliyati davomida tabiiy fanlarni rivojlantirishga, tabiatni o'rganishga alohida e'tibor bergan. Uning boshchiligida 70 ga yaqin olimlar Jahon xaritalarini tuzishgan. Bu xaritalar asosida Xorazmiy Kitob surat al-arz (Yerning surati) kitobini yozgan. Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048- y.) Hindistonda yashagan davrida o'lkaning daryolari, tog'lari, o'simlik va hayvonot olamini batafsil o'rganib, Hindiston asarini yaratdi. U Amudaryo misolida daryolar keltirayotgan tog' jinslarining massasi (katta-kichikligi) suv oqimining tezligiga to'g'ri proporsional ekanligini aniqladi. Bu, keyinchalik, Beruniy qonuni deb aytiladigan bo'ldi. Beruniy Qoraqum va Qizilqum hududlarining paydo bo'lishini, materiklarning siljish g'oyasini birinchilardan bo'lib aytgan. Beruniy 1010 - 1017- yillarda Xorazmda olimlarni birlashtirib, Fanlar akademiyasi (Ma'mun akademiyasi) ni barpo etdi. Olimlar orasida Ibn Sino ham bo'lgan. Zahiriddin Bobur O'rta Osiyo, Eron, Afg'oniston, Hindiston hududining aholisi, xo'jaligi haqida qimmatli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.72 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:22 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.72 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga