Geografiya 6- sinf Mavzuning texnologik xaritasi va o'tkazilish ishlanmasi Mashg'ulotning borishi Darsning tashkil etish shakllari: a) salomlashish b) davomatni aniqlash. c) ob-havo so'rash d) uyga berilgan topshiriqlarni tekshirib chiqish Dars uslubi. Savol-javob, guruhlarga bo'lish, suhbat. Dars rejasi: 1. O'qituvchining kirish so'zi (1 daqiqa). 2. Guruhlarga bo'linish (2 daqiqa). 3. Biz bilgan bilimlar (xotirani sinash 6 daqiqa). 4.Geografik nomlarni bilasizmi? elektron doskasi orqali bilimlarni tekshirish (5 daqiqa). 5. Yangi mavzu bayoni. O'qituvchining kichik ma'ruzasi (8 daqiqa). 6.Yevrosiyo relyefi filmini ko'rish (4 daqiqa). 7. Atlas va yozuvsiz xarita bilan ishlash (5 daqiqa). 8. Guruhlar taqdimoti (10 daqiqa). 9. Mavzuni mustahkamlash (2 daqiqa). 10. O'quvchilarni rag'batlantirish va baholash (2 daqiqa). 11. Uyga vazifa. 1. O'qituvchining kirish so'zi (1daqiqa). Darsning tashkil etilishi: a) salomlashish, davomatni aniqlash; b) o'quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish; 2. Guruhlarga bo'linish (2 daqiqa). O'quvchilar tanlagan emblemalari orqali 5 ta guruhga bo'linib, joylariga o'tirishadi (emblemalar ilova qilinadi). I-guruh. Kavkaz II-guruh. Himolay II-guruh. Hisor IV-guruh. Pomir V-guruh. Zagros 3. Biz bilgan bilimlar (xotirani sinash - 6 daqiqa). Guruhlar o'qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo'yilgan savol va topshiriqlarni tanlab oladilar. (savollar ilova qilinadi). 1-savol Yevrosiyoning ichki o'lkalari tabiatini o'rganishda vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmyning xizmatlari va materik o'lkalari tabiati haqida yozgan asarlarini ayting. javob: O'rta Osiyo va Arab geografiyasiga asos solgan Muhammad al-Xorazmiyining xizmatlarini alohida ta'kidlash lozim. Xorazmiy ilmiy faoliyati davomida tabiiy fanlarni rivojlantirishga, tabiatni o'rganishga alohida e'tibor bergan. Uning boshcvhiligida 70 ga yaqin olimlar Jahon xaritalarini tizishgan. Bu xaritalar asosida Xorazmiy Kitob surat al- arz(Yerning surati) kitobini yozgan. Kitobga o'nlab xaritalar va ularning izohi ilova qilingan. Ko'plab geografik obyektlarga tavsif berib, koordinatalarni o'lchagan va Yer kurrasining kattaligini aniqlagan. 2 -savol Nima uchun Beruniy qonuni deb ataldi? Javob: Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy Amudaryo misolida daryolar keltirayotgan tog' jinslarining massasi (katta-kichikligi) suv oqimining tezligiga to'g'ri proporsionalekanligini aniqladi. Bu, keyinchalik, Beruniy qonuni deb aytiladigan bo'ldi. 3- savol Zahiriddin Muhammad Bobur materikning qaysi hududlari haqida ma'lumotlar qoldirgan? Javob: Zahiriddin Bobur O'rta Osiyo, Eron, Afg'oniston, Hindiston hududining aholisi, xo'jaligi haqida qimmatli ma'lumotlar yozib qoldirgan. Ayniqsa uning Boburnoma asaridagi geografik ma'lumotlari ibratli va diqqatga sazovordir. 4- savol Nima uchun Yevrosiyo eng qadimgi sivilizatsiya markazi hisoblanadi? Javob: Yevrosiyoning eng qadimgi Vaviloniya, Hindiston, Xitoy, Isroil, Gretsiya hududlarida madaniyat bir necha ming yilliklar avval rivojlangan. Dastlabki geografik xaritalar, globuslar ham shu hududda kashf etilgan. Eratosfen va Ptolemey tuzgan xaritalarda Yevrosiyo va Shimoliy Amerika aks ettirilgan. 5-savol Yevrosiyo materigi to'g'risidagi dastlabki geografik ma'lumotlar qaysi allomolarning asarlarida berilgan? Javob: Materik to'g'risidagi dastlabki geografik ma'lumotlar qadimgi ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.34 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.34 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:22 ]
Arxiv ichida: doc