Yilqichilik - rasmi

Material tavsifi

Yilqichilik Reja: Yilqilikning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Otlarning biologik xususiyatlari. Ot zotlarining klassifikatsiyasi. Otlarning asosiy maxsuldorligi. Ularni boqish va parvarishlash. Yilqichilikning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Yilqichilik - chorvachilikning muhim tarmog'i hisoblanadi. Mamlakatimizning ayrim rayonlarida qishloq xo'jaligidagi ishlarning bir qismi (qariyb 20% i) ot kuchi bilan bijariladi. Masalan, otlar aravaga qo'shilgan holda qishloq xo'jalik mashinalarga yoqilg'i va suv tashib beradi, shuningdek ishlidzmevalarga ishlov berishda chorvachilik fermalaridagi ayrmtransport ishlarini bajarishda va bir qator ishlarda qishloq aholisiga yordam beradi. Bundan tashqari tog'li rayonlarda, qaysiki transport vositalari yurolmaydigan erlarda otlar bemalol yuk tashiy oladi. Yaylovda cho'pon ap molboqarlar uchun otlar transport vositasi sifatida xizmat qiladi. Mamlakatimiz chegaralarini qo'riqlashda, ayniqsa tog' va o'rmonzor hamda cho'l zonalarida otlar posbonlarimizning yaqin do'sti, uzoq masofalarga olib borishda muhim transport vositasi hisoblanadi. Bu borada ko'plab asarlar va kinofilpmlar yaratilgan. Sport o'yinlarida xam yilqilardan foydalanish yildan-yilga kengiyib bormoqda. Ittifoqimizda, ayniqsa O'rta Osiyo va qozog'iston Respublikalarida birorta yirik anoana yoki bayram otlari ishtirokisiz o'tmaydi. Bunga xar yili turli otchoparlarda o'tkaziladigan o'nlab va yuzlab Respublika, oblastp va rayonlar miqyosidagi musobaqalarini misolga keltirish mumkin. Dunyo bo'yicha o'tkaziladigan olimpiadalarda xam ot sportiga alohida eotibor beriladi. Bu esa insonlar uchun ko'plab estetik zavq bag'ishlaydi. Yilqilar o'zlarining turli xil mahsulotlari (go'sht, qimiz, teri va boshqalar) bilan katta xalq xo'jalik ahamiyatiga ega. Masalan, qimiz eng foydali ichimliklardan hisoblanadi. U bir qator kasalliklar (tuberkulyoz, ichak, oshqozon va boshqalar) ni davolashda meditsina jihatidan salmoqli o'rin egallaydi. hozirgi vaqtda qimiz ishlab chiqarish ayniqsa qozog'iston, qirg'iziston Respublikalarida va Tatariston, Buryatiya, Yoqutiston avtonom Respublikalarida yaxshi rivojlangan. Otlarning ayrim biologik xususiyatlari. Otlar avlodi asosan to'rtta kenja avlodga bo'linadi: haqiqiy otlar, eshaklar, qulonlari va zebralar. Bu kenjai avlodlar bir-birlari bilan chatisha oladi va pushtsiz nasl beradi. Zebralar hozir xo'jalik ahamiyatiga ega emas, ularni ayrim hayvonot bog'larida yoki qo'riqxonalarda uchratish mumkin. Xususan O'zbekistonla esa qulonlar yo'qolib ketgan. Ayrim maolumotlarga qaraganda ular qisman Mo'g'ulistonda va juda oz miqdorda Turkmanistonning janubida joylashgan Badxiz qo'riqxonasida saqlanib qolgan Ot zotlarining klassifikatsiyasi Mamlakatimiz zonalarining iqtisodiy, ishlab chiqarish va tabiiy-ekologik sharoitlariga, yilqilarning turli xil tiplari, mahsulot yo'nalishi va ulardan foydalanish usullariga qarab juda ko'plab zot va gruppalar yaratilgan. 1855 yili akademik A.F.Middendorf otlarni barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda ikkita katta gruppaga - chopqir otlar va sekin hamda o'rta harakat qiluvchi otlarga bo'ladi. Birinchi gruppaga tez yuguradigan, tanasi ixcham, yengil, kichik aravalarga qo'shgan vaqtda uzoq masofani qisqa vaqt ichida bosib o'tadigan ot zotlari kiritilgan. Ikkinchi gruppaga esa - sekin yuradigan, og'ir yuklarni torta oladigan, jussasi yirik otlar kiritilgan. Umuman yilqichilikda asosiy mahsuloti (chopqirligi, aravaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.99 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.99 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga