Yog'ochni qayta ishlash sanoati

Yog'ochni qayta ishlash sanoati

O'quvchilarga / Geografiya
Yog'ochni qayta ishlash sanoati - rasmi

Material tavsifi

8-sinf geografiya darsligi asosida 21-mavzu: Yog'ochni qayta ishlash sanoati 11-dars mavzusidan yog'ochni qayta ishlash sanoatining yalpi sanoat mahsulotidagi salmog'ini aniqlang. O'rmon sanoati yog'och tayyorlash va yog'ochni qayta ishlash tarmoqlariga bo'linadi. Yog'ochni qayta ishlash hunarmandchilik turi sifatida qadimdan ma'lum. Hunarmandlar yog'ochga ishlov berib, undan arava, egar, panjara, sandiq, eshik, beshik, rom kabilarni yasashgan, uylar qurishgan. Yog'ochsozlik yillar davomida takomillasha borib, undan yangi-yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi (47-rasm). Ayniqsa, yog'ochni kimyoviy qayta ishlash tufayli yog'ochsozlikda tub (inqilobiy) o'zgarish yasaldi. Mamlakatning yog'och-taxta xomashyosiga bo'lgan yillik ehtiyoji 10 mln kub metrdan ortmoqda. Ammo yog'och xom ashyosi bo'ladigan tabiiy o'rmonlar bizda nihoyatda cheklangan. Shu bois, har yili millionlab nihol ekiladi, «ko'kalamzorlash tirish oyligi» o'tkaziladi. O'rmonlar barpo etish va yog'och boyliklaridan oqilona foydalanish bilan maxsus o'rmon xo'jaliklari shug'ullanadi. Respublikamizda 100 ga yaqin o'rmon xo'jaligi korxonalari, qo'riqxonalar va milliy bog'lar bor. O'rmon sanoati mahsulotlaridan mashinasozlik, kimyo sanoati, yengil sanoat, transport va qurilishda foydalaniladi. O'z navbatida o'rmon sanoati ham boshqa tarmoqlardan loklar, bo'yoqlar (mebel ishlab chiqarish uchun), soda, natriy, oqartiruvchi ximikatlar (qog'oz tayyorlash uchun), avtomashinalar, traktorlar, stanoklar (yog'och tayyorlash va ishlov berish uchun) oladi. Boshqacha qilib aytganda, o'rmon sanoati bilan boshqa tarmoqlar orasida keng tarmoqlararo aloqalar mavjuddir. Mustaqillik yillarida Toshkent va Asakada duradgorlik buyumlari zavodlari, Toshkentdagi quyoshdan himoya uskunalari zavodida esa plastmassadan deraza romlari ishlab chiqaradigan sex ishga tushirildi. Toshkentda O'zbekiston - Gretsiya qo'shma korxonasi «O'z Ellas» gugurt zavodi mahsulot bera boshladi. Yog'och xomashyosi tanqisligi sanoatga jiddiy qiyinchilik tug'dirmoqda Yog'ochlardan tejamkorlik bilan foydalanish maqsadida selluloza sanoati ham rivojlanmoqda. Selluloza - maydalangan va kimyoviy yo'l bilan ishlangan yog'och massasi, u sun'iy tola va qog'oz ishlash uchun xom ashyo bo'ladi. Mamlakatimizning turli burchaklarida selluloza va qog'oz ishlab chiqaradigan kichik korxonalar ishga tushmoqda. Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegayli tumanida mahalliy xomashyo qamish, bug'doy, sholi somoni, paxta g'o'zapoyasidan selluloza va qog'oz mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxona tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-fevraldagi «Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez o'suvchi yog'ochbop daraxtzorlarni barpo etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida»gi maxsus Qarori o'rmon sanoatida keskin o'zgarish yasadi. Qarorga muvofiq terakzorlar maydoni har yili 10 ming gektarga kengaymoqda. Yaqin kelajakda har yili 5 mln metr kub sanoatbop yog'och tayyorlanadi. Yog'och tayyorlash korxonalari taxta tilish zavodlariga g'o'la yog'och yetkazib beradi. Tilingan yog'och, ya'ni taxta mebel sanoati uchun xom ashyodir. Yog'och tayyorlash va yog'ochsozlik chiqindilari (shox-shabba, qipiq, payraha, po'stloq)dan o'rmon-kimyo sanoatida spirt, moylar, bo'yoqlar ishlab chiqariladi. Shu sababli o'rmon-kimyo kombinatlari qurish o'ta samaralidir. Yog'och xomashyosi taqchil O'zbekistonda chiqindilarni to'la qayta ishlaydigan yog'ochsozlik kombinatlari, ayniqsa, o'ta muhim hisoblanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 13.5 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:22 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 13.5 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga