Yoqilg'i energetika majmuasi

Yoqilg'i energetika majmuasi

O'quvchilarga / Geografiya
Yoqilg'i energetika majmuasi - rasmi

Material tavsifi

8-sinf geografiya darsligi asosida 12-mavzu: Bu majmuaga yoqilg'i (yoqilg'ini qazib olish va unga ishlov berish) va elek troenergetika sanoatlari kiradi (21-rasm). Elektr energiyasini ishlab chiqarish va undan foydalanish mamlakat iqtisodiyoti yuksalishining muhim omili hisoblanadi. Olimlar quyosh, shamol, geotermal energiya kabi bitmas-tuganmas energiya manbalaridan keng miqyosda foydalanish yo'llarini izlamoqda. Energetika boyliklariga yoqilg'i boyliklari (ko'mir, neft, gaz, torf, slanes, o'tin) va gidroenergiya boyligi (daryoning yuqoridan tushayotgan suvining energiyasi) kiradi. Yoqilg'i boyliklari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlari uchun energiyaning asosiy manbayidir. Yoqilg'i turli xillarining salmog'ini taqqoslash uchun ular shartli yoqilg'iga aylantiriladi. Shartli yoqilg'i deb 1 kg toshko'mir yonganda hosil bo'ladigan (7 mln kal) energiyaga aytiladi. Uning issiqlik koeffitsiyent darajasi 1 ga teng. Boshqa yoqilg'ilar yonganda hosil qiladigan issiqlik 1 kg toshko'mirning issiqlik koeffitsiyenti, ya'ni 1 ga qiyosan baholanadi (22-rasm). Issiqligi (kaloriyasi) kam bo'lgan yoqilg'ilar (torf, slanes, qo'ng'ir ko'mir) qazib olingan joyda foydalanilishi maqsadga muvofiq. Chunki ular uzoq masofalarga tashilganda tannarxi qimmatla shadi. Shu sababli ular mahalliy yoqilg'i hisoblanadi. Yoqilg'i boyliklarining qiymati faqat kaloriyasigagina bog'liq bo'lmay, foydalanish imkoniyatiga, qazib chiqarish xarajatiga ham bog'liq. Eng tejamli yoqilg'i neft va gazdir, chunki ularni qazib chiqarish va ishlatiladigan joyga quvurlar orqali yuborish arzon tushadi. Shunga ko'ra turli xil yoqilg'ini qazib chiqarish va undan foydalanish ko'lami davriy o'zgarib turadi (23-rasm). Turli xil yoqilg'ilarni qazib chiqarish va ishlab chiqarilgan energiya (kirim) hamda ulardan iqtisodiyotda foydalanish (sarf qilish) nisbati yoqilg'i-energetika balansi deyiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.06 MB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:22 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.06 MB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga