Yoqilg'i energetika majmui

Yoqilg'i energetika majmui

O'quvchilarga / Geografiya
Yoqilg'i energetika majmui - rasmi

Material tavsifi

Yoqilg'i energetika majmui Reja: Yoqilg'i-energetika majmuasining tarkibi va yirik sohalari. Yoqilg'i sanoati; Gaz sanoati; Neft sanoati; Ko'mir sanoati; Tarmoqlarni boshqarish tizimi; O'zbekiston yoqilg'i energetika majmui rayonlararo ahamiyatga ega bo'lib, respublika yalpi sanoat mahsulotining 20.7% ini tashkil qiladi. Bu majmui ikki guruhga-yoqilg'i sanoati va elektr energetika sanoatiga bo'linadi. O'zbekistonda bu sanoat tarmoqlari asosan yangi tashkil etilgan bo'lib, yuqori iqtisodiy samara bilan ishlaydi. 2005 yil ma'lumotiga ko'ra ishlab turgan sanoat korxonalari soni 20.5 ming tani tashkil qiladi. Yoqilg'i sanoati. Yoqilg'i sanoati O'zbekiston og'ir sanoatining muhim tarmoqlaridan biri bo'lib, tabiiy gaz, ko'mir qazib chiqarishni, neftni qayta ishlashni va tayyor mahsulotlarni iste'molchilarga yetkazib berishni o'z ichiga oladi. Ularni qazib chiqarish va qayta ishlash ishlab chiqaruvchi kuchlarning, avvalo sanoatning rivojlanishiga va hududiy joylashishiga katta ta'sir ko'rsatadi. O'zbekistonning gaz zahiralari katta bo'lishi bilan birga ularni ishga solish nihoyatda qulaydir. Shu sababli bu tarmoq juda tez rivojlantirildi. U ko'pdan buyon respublika yoqilg'i energetika balansida asosiy rol o'ynamoqda. Bu tarmoqning yirik konlari ishga solinishi tufayli O'zbekistonda uning bilan bog'liq boshqa sanoat tarmoqlarini tez rivojlantirish imkoniyati tug'ildi. Yoqilg'i va quvvatni ko'p iste'mol qiladigan issiqlik elektr-energetikasi, rangdor metallurgiya, kimyo sement va boshqa sanoat tarmoqlari 60-yillar boshidan e'tiboran tez sur'atlar bilan rivojlanib ketdi. O'zbekistonda yirik tabiiy gaz, neftьь ko'mir konlarini ishga solinishi bilan keyingi chorak asr davomida respublika yoqilg'i sanoatining tarkibi tubdan o'zgarib ketdi. Ittifoq davlatining yirik yoqilg'i-energetika bazalaridan biriga aylandi. Yoqilg'i zahiralarini qazib olishda ham iste'mol qilishda ham tabiiy gazning salmog'i keskin oshdi. O'zbekistonda qazib chiqarilgan barcha yoqilg'i mahsulotlari orasida gazning salmog'i shartli yoqilg'i hisobida olinganda, 87.2% ni tashkil qiladi. (2005y.) О'zbekistondа yoqilg'i mаhsulotlаrining qаzib chiqаrilishi. Jadval ma'lumotlari yoqilg'i zahiralarini qazib chiqarish o'tgan yillar davomida umuman tez sur'atlarda bog'langanligini ko'rsatadi. Kelajakda respublikaning yoqilg'i bilan balansi yanada takomillashtirilib, unda tabiiy gazning salmog'i yanada ortib boradi. Qishloq joylarning yoqilg'i balansida shu vaqtgacha katta salmoqqa ega bo'lgan g'o'zapoya o'rnini ham yaqin yillar orasida tabiiy gaz egallaydi. Hozirgi paytda respublikaning qishloq joylari yoppasiga joylashtirilmoqda. G'o'zapoyadan esa bundan keyin gidroliz va qurilish materiallari sanoatlarida xom ashyo sifatida foydalaniladi. Unday ayniqsa poya kipik asosida taxtalar (plitalar) ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi. Gaz sanoati. O'zbekiston yoilg'i sanoatining eng yosh tarmog'idir. Ayniqsa keyingi o'n yilliklarda yirik tabiiy gaz konlarining o'zlashtirilishi natijasida O'zbekiston tabiiy gazga ancha boy va gaz sanoati taraqqiy etgan davlatlardan biriga aylandi. Tabiiy gazning xalq xo'jaligidagi ahamiyati uning eng samarali yoqilg'i ekanligidagini emas. Shu bilan birga u kimyo sanoati uchun qimmatli xom ashyo hamdir. Gaz sanoatining yana bir muhim xususiyatni uning ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.39 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.39 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga