Yoqilg'i energiya resurslaridan foydalanish

Yoqilg'i energiya resurslaridan foydalanish

O'quvchilarga / Geografiya
Yoqilg'i energiya resurslaridan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

YOQILG'I ENERGIYA RESURSLARIDAN FOYDALANISH Mamlakat yoqilg'i-energetika majmui Mamlakat yoqilg'i-energetika majmuiga-gaz, neft, ko'mir va energetika sanoatlari kiradi. Bu sanoat majmuining mamlakat sanoat ishlab chiqarishdagi hissasi 24,1 foizga teng. O'zbekistonning g'arbiy va janubiy hududlarida topilgan neft, gaz va ko'mir konlarining katta zahiralariga tayanib yildan-yilga mazkur sanoat tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko'mir zahiralari esa 2 milliard tonnadan ortiq. Respublikamiz neft zahiralariga ham boy. Neft, gaz va elektr energiya o'z ehtiyojlarimizni to'la ta'minlabgina qolmay, ko'p miqdorda eksport ham qilinadi. Hozir bu majmua kapital mablag' sarflash hamda chet el investitsiyalarini jalb etishning eng foydali sohalaridan biri bo'lib qoldi. Mazkur sanoat majmui ikki guruhga: yoqilg'i va elektr energetika sanoatiga bo'linadi. Yoqilg'i sanoati O'zbekiston og'ir sanoatining muhim tarmoqlaridan biri bo'lib, u tabiiy gaz, neft, ko'mir qazib chiqarishni va ularni qayta ishlashni hamda tayyor mahsulotni iste'molchilarga yetkazib berishni o'z ichiga oladi. Respublikada 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 tasi Buxoro-Xiva havzasida, 27 tasi Farg'ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Mazkur konlarning gaz, gaz-kondensatli, gaz-neft, neft, gaz-neft kondensatli va neft-gaz kondensatli turlari mavjud. Xom ashyo Har qanday ishlab chiqarishning muhim tarkibiy qismlaridan biri xom ashyodir. Xom ashyo deb, iste'mol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalari olish uchun sanoatda ishlatiladigan tabiiy moddalarga aytiladi. Kimyo sanoatida xom ashyo asosiy omil bo'lib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tan narxining 60-70 foizini tashkil etadi. Sanoat ishlab chiqarishda xom ashyo tushunchasidan tashqari dastlabki ashyo, tayyor mahsulot va chiqindi tushunchalari ham qo'llaniladi. Xom ashyo va dastlabki ashyoni bir - birisidan farq qilish kerak. Xom ashyo, sanoatda qayta ishlovdan o'tmagan tabiiy moddalardir. Biror - bir ishlab chiqarish uchun xom ashyo, yarim fabrikat, oraliq mahsulot, yarim mahsulot (asosiy material) ko'shimcha mahsulot va ikkilamchi ashyolar, dastlabki ashyo bo'lishi mumkin. Yarim fabrikat bu tabiiy xom ashyoni sanoatda dastlabki ishlov berish natijasida olingan materialdir. Oraliq mahsulot deb, xom ashyo yoki yarim fabrikatdan olingan individual moddalarga aytiladii. Qaysiki, u ayni korxonada boshqa mahsulot ishlab chiqarish uchun dastlabki ashyo bo'lib xizmat qilishi mumkin. Qo'shimcha mahsulot deb korxonada ishlab chiqarish jarayonida asosiy mahsulot bilan birga qo'shimcha reakstiyalar natijasida hosil bo'lgan individual modda yoki aralashmaga aytiladi. Ikkilamchi xom ashyo deb, o'z xizmat muddatini o'tab bo'lgan narsalarga va materiallarni - sanoatda ishlov berganda hosil bo'ladigan chiqindilariga aytiladi. Qaysikim, u chiqindilarni sanoatda qayta ishlab tayyor mahsulotga aylantirish iqtisodiy foydalidir. Tayyor mahsulot deb xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida amalda foydalanish uchun korxonadan jo'natiladigan moddalar yoki materiallarga aytiladi. Xom ashyo manbalari va ularni qazib olish Yerning uzoq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.12 MB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:22 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.12 MB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga