Yoqilg'i sanoati Reja: 1. Yoqilg'I sanoati haqida tushuncha 2. Yoqilg'i sanoati tarmoqlari 3. Neft sanoati 4. Gaz sanoati 5. Torf sanoati 6. Ko'mir sanoati 7. Uran sanoati 8. Yonuvchi slanets sanoati Yoqilg'i resurslari xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari uchun energiya ishlab chiqarishning asosiy manbai bo'lib hisoblanadi. Ammo fan va texnikaning rivojlanishi bilan u yoki bu energiya manbaining xalq xo'jaligidagi ahamiyati o'zgarib turadi. Yoqilg'ining turli xillarini bir-biri bilan taqqoslash uchun ular shartli yoqilg'iga aylantiriladi. Shartli yoqilg'i deb, 1 kg yoqilg'i yonganda 7 ming kkal (29 MJkg) energiya beradigan, issiqlik koeffitsenti bir deb qabul qilingan yoqilg'iga aytiladi. Yoqilg'ini shartli yoqilg'iga aylantirish uchun, yoqilg'ilar haqidagi ma'lumotlarni tegishli issiqlik koeffitsentiga ko'paytiriladi. Hisoblashlarda 1 kg shartli yoqilg'i o'rta hisobda 2 kVtsoat elektr energiyasiga teng deb ham qabul qilinadi, lekin bunda elektr stantsiyalarining foydali ish koeffitsenti hisobga olinadi. Demak, jadvaldan ko'rinib turibdiki, 1 kg toshko'mirning issiqligi 1 kg shartli yoqilg'ining issiqligiga teng. Issiqligi kam bo'lgan yoqilg'i xom ashyolari torf, slanets, qo'ng'ir ko'mir va yog'och hisoblanadi. Shuning uchun ularni uzoq masofalarga tashib yurishning iqtisodiy foydasi yo'q. Ular mahalliy yoqilg'i bo'lib hisoblanadi. Qo'ng'ir ko'mir ham issiqlik koeffitsenti kam bo'lganligi sababli qazib olinadigan joyida va unga yaqin bo'lgan hududlarda ishlatiladi. Masalan, O'zbekistonda Angren ko'ng'ir ko'mir koni yaqinida «Angren», Nurobod shaharchasida «Yangi Angren» GRESlari kurilgan. Ushbu GRESlarda ko'mir yoqilib, olingan elektroenergiya iste'molchilarga jo'natiladi, chunki ko'mirning kuli ko'p bo'lganligi uchun uni o'zoq masofaga tashish iqtisodiy jihatdan o'zini oqlamaydi. Yoqilg'i resurslarining qiymati faqat ularning kaloriyasigagina bog'liq bo'lmay, balki undan foydalanish imkoniyatiga hamda qazib olish xarajatlariga ham bog'liq. Eng tejamli yoqilg'i xom ashyosi neft va gazdir, chunki ularni qazib olish va quvurlar orqali iste'molchiga jo'natish arzonga tushadi. mahsulot birligini olish (yoki 1 t yoqilg'i qazib olish) uchun sarflangan va pulda ifodalangan barcha xarajatlar mahsulot tan narxi deb ataladi. Muayyan vaqt davomida ma'lum bir hududda (mamlakat, iqtisodiy rayon, viloyat va h.k.) yoqilg'i va energiyaning turli xillarini qazib olish, xom ashyosini qayta ishlash va iste'mol qilish umumiy hajmini va tarkibini ifodalaydigan barcha ko'rsatkichlar yoqilg'i-energetika balansi deb ataladi. Yoqilg'i sanoati Yoqilg'i sanoati yoqilg'i xom ashyosini qazib olish va uni iste'molchiga yetkazib berish tarmoqlarini o'z ichiga oladi. Yoqilg'i sanoati ko'mir, neft, gaz, torf, yonuvchi slanets, uran rudasi qazib olish hamda yog'och tayyorlashdan iborat. Quyosh elektr stansiyalari, yoki geliostantsiyalar AQSH, Fransiya, Ispaniya, Yaponiya va Ukrainada; geotermal elektr stantsiyalar AQSH (Geyzer stantsiyasining quvvati 1 mlnkVt), Rossiya, Filippin va Italiyada; qalqish stantsiyalari Fransiya, Kanada, Rossiya, Xitoyda; shamol elektr stantsiyalari AQSH va Daniyada qurilgan. Elektr energiyasi jahondagi barcha mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Ammo ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.85 MB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:23
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.85 MB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:23 ]
Arxiv ichida: ppt