Mavzu: Yozma manbalarda O'rta Osiyoning eng qadimgi o'lkalari va ularning joylashgan hududlari nomlari Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o'rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimika atamasi yunon tilidan olingan bo'lib, topos - joy, onom yoki onima - nom. umuman, joy nomini o'rganadigan fan degan m a'noni bildiradi. XIX asr oxirlaridan e'tiboran dunyoda amaliy grammatika, xususan, kartografiya ehtiyojlari munosabati bilan toponimikaga qiziqish kuchaydi. Toponimikadan maxsus asarlar paydo bo'ldi, geografik nomlami o'rganadigan komissiyalar va jam iyatlar tashkil etildi. Toponimika fani dastlab Yevropada paydo bo'idi va asta-sekinlik bilan taraqqiy etib, boshqa hududlarga ham tarqala boshladi. Sobiq Ittifoq davrida toponimik tadqiqotlar rivojlandi. Uning ta'sirida O'zbekistonda ham toponimika fani rivojlana boshladi. Buyuk bobokalonimiz va vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048-y.y.) o'rta asrlam ing buyuk qomusiy olimlardan edi. Uning buyukligi o'sha davming deyarli barcha fanlariga qo'shgan betakror ilmiy merosida namoyon bo'ladi. U nafaqat astronomiya va boshqa tabiiy fanlar bilan. balki tarix va din tarixi bilan shug'ullanadi. Olim yozib qoldirgan 160 dan ortiq asarlari bilan astronomiya, astrologiya, matematika, geografiya, geodeziya, geologiya, mineralogiya, arifmetika, tabobat. tarix, filologiya va boshqa fanlaming rivojiga ulkan hissa qo'sha oldi. Abu Rayhon Beruniy o 'z asarlarida O 'rta Osiyo va Xuroson shaharlari haqida m a'Iumotlar keltirib o'tgan. Uning deyarli hamma asarlarida O 'rta Osiyo shaharlari tilga olinib, ulam ing yo tarixi, yo iqlimi, yoxud aholisi ta'riflangan. Beruniy o'zining Saydana asarida 400 dan ortiq qishloq, tog', daryo, shahar va orollar, Qonuni Ma'sudi kitobida 600 dan ortiq joy nomlarini tilga olgan. Shundan 85 tasi O 'rta Osiyo va Xurosonga tegishlidir. Qonuni M a'sudiy kitobida shu joylarning uzunlik va kengliklari ko'rsatilgan va deyarli hammasiga qisqacha izoh berilgan. Abu Rayhon Beruniy Qonuni M as'udiy asarida O 'rta Osiyo shaharlarini jadval tarzida ketgan va ular haqida toponimik m a'lumotlar berilgan. Jumladan, Toshkent bunday deyilgan: Binkat - Shosh shaharlaridan biri, turkiycha Toshkent. Bu yunon mualliflarining Burj al- hijra qal'asidir''. Bundan tashqari, quyidagi hududlar ham asarda turlicha nomlangan: Baykand (Poykand) - Buxorodan janubi-g'arbda joylashgan shahar. Hozirgi Yakkatut stansiyasi yonidagi harobalar.U Badzarubayi deb ham atalgan. Yangikent - Sirdaryo etaklarida (hozirgi Kazalinsk shahri ro'parasida, daryoning chap tomonidagi harobalar). Yangikent - turkiylarda Janikent, arablarda Qariyat al-Hadisa (qariyat - qishloq, hodisa - yangi ya'ni yangi qishloq) va Madinat al- Jadida (madina - shahar. jadida - yangi. ya'ni Yangi shahar) tojiklar esa Dehinav (deh - qishloq, nav - yangi ya'ni yangi qishloq) deb yozganlar. Bundan tashqari, olim o'z asarlarida daryo nomlarini ham keltirgan. Ulardan biri Sirdaryodir. Sirdaryo - Hasart. Yunon tilidagi asarlarida Yaksart tarzida keltirilgan. ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:23 ]
Arxiv ichida: pptx