Zamonaviy xalqaro siyosat va xalqaro munosabatlarni geosiyosiy tahlil etish muammolari Reja: 1.xalqaro siyosat va xalqaro munosabatlarni geosiyosiy tahlil etish muammolari. 2. Geosiyosat milliy siyosat instrumenti sifatida. 3. Hudud va davlat kuch-qudratini tasavvur etishning zamonaviy talqini. AQSHning sovuq urushdagi g'alabasining so'nggi pallasiga qadar geosiyosiy dualizm azaldan o'rnatilgan qoidalar bo'yicha rivojlangan, ya'ni talassokratiya ham, tellurokratiya ham Yevroosiyoda hududiy hamda strategik mavqe'ni imkon darajasida mustahkamlashga intilib kelgan. Ularning yadro quroliga egalik qilishga kirishib ketishi, umumsayyoraviy hukumronlikka erishish borasidagi sa'y-harakatlari ba'zi geosiyosatchilarga o'ta xatarli tuyulgan edi. Chunki bu ikki kuch butun sayyorani bo'lib olgach, ular o'rtasidagi ziddiyatlar, samoviy urush nazariyasi vakillari ta'kilaganidek, Yerdan tashqariga ya'ni koinot miqyosiga ko'chirilishi va hatto bir-birini yo'q qilib yuborishi (yadroviy apokalipsis) ehtimoli ham yo'q emasdi. Tarixning asosiy geosiyosiy jarayoni bo'lgan talassokratiya va tellurokratiyaning hududiy jihatdan kengayish xususiyati mazkur fan uchun ma'lum bo'lsa, uning intihosi muammo bo'lib turar edi. Bu borada sabab-oqibat tamoyilining hech qanday ahamiyati yo'q. Bu sohadagi ilmiy ma'lumot va xulosalarga tayanib aytish mumkinki, tarixni geosiyosiy nuqtai nazardan tahlil etish Suv va Quruqlik o'rtasidagi qarama-qarshilik umumbashariy miqyosda yoyilgach, barham topadi. Xo'sh, dualizmni ifoda etgan tizimlardan biri to'liq g'alabaga erishganidan so'ng sayyoramizdagi voqealar rivoji qanday kechishi mumkin? Nazariy jihatdan qaraganda bu jarayon quyidagi variantlada ifodalanishi mumkin: 1-variant. Talassokratiyaning g'alabasi tellurokratiya sivilizatsiyasining tanazzuliga olib keladi. Sayyoramizda liberal-demokratik tartibot o'rnatiladi. Talassokratiyaning mohiyati mutlaqlashgan holda inson hayotini tashkil etuvchi yagona tizimga aylanadi. Ushbu tizimning ikki jihatiga e'tibor qaratish joiz. Birinchidan, u mantiqiy jihatdan ziddiyatlardan xoli bo'lib, unda geosiyosiy tarixning bir taraflama oqimining qonuniy tarzda yakun topishini, ya'ni quruqlikning to'liq hukmronligidan (an'anaviy davrdan) dengizning to'liq hukmronligiga (hozirgi davr) o'tish jarayonini kuzatish, ikkinchidan, hozirgi vaqtning o'zidayoq ushbu jarayon amalda ro'y berayotganini qayd etish mumkin. 2-variant. Talassokratiyaning g'alabasi ikki sivilizatsiya qarama-qarshiligiga yakun yasaydi, ammo bu hol taraqqiyotning ushbu modelining butun dunyoga tarqalishiga olib kelmaydi. Bu hol geosiyosiy tarixning yakun topganidan dalolat beradi, xolos. Masalan, ayrim mondialistik nazariyalar vakillari yaqin kelajakda dunyoda Quruqlik va Dengizning o'zaro qarama-qarshiligi butkul barham topadi, deya ta'kidlamoqda. 3-variant. Tellurokratiyaning mag'lubiyati vaqtinchalik hodisa. Yevrosiyo yangicha shaklda o'zining mintaqaviy vazifasini bajarishga kirishadi. Bunda mintaqaviy kuchlarni faloqatga olib kelgan geosiyosiy omillar e'tiborga olinadi (yangi mintaqaviy blok Janub hamda G'arbda o'zining dengiz chegaralariga ega bo'ladi, ya'ni Yevrosiyo uchun Monro doktrinasi amalga oshadi). Natijada dunyo o'zgacha mohiyat kasb etgan ikki qutblilik holatiga qaytadi. 4-variant. Yuqoridagi manzarining mantiqiy davomi sifatida namoyon bo'ladi. Unga ko'ra, ikki qutb o'rtasidagi qarama-qarshilikning yangi bosqichida tellurokratiya g'alaba qozonadi. U o'zining tamadduniy taraqqiyot andozasini butun dunyoga tarqatib, tarixni o'z hohishiga mos ravishda yakunlashga ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
67.31 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
67.31 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:23 ]
Arxiv ichida: doc