8-sinf geografiya darsligi asosida 49-mavzu: Darslik 1-ilovasidagi jadvaldan rayonning aholisi sonini va maydonini aniqlang. Iqtisodiy geografik o'rni va tabiiy boyliklari. Bu iqtisodiy rayon Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari hududidan iborat. Maydonining kattaligi jihatidan Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidan keyinda turadi. Aytingchi, iqtisodiy rayonning geografik o'rnini qanday baholasak bo'ladi? Maydonining asosiy qismi tekislik (Qizilqum cho'li)dan iborat. U qorako'lchilik uchun ahamiyatlidir. Tekislik markazida Tomditog' (eng baland cho'qqisi 922 m), Bo'kantog', Ovminzatog', Quljuqtog' qad ko'tarib turadi. Tekislikning sharqida Nurota, Oqtog', Qoratog'larning g'arbiy qismi joylashgan. Bular ham iqtisodiyotda muayyan ahamiyat kasb etadi. Zarafshon vodiysining quyi qismlari obikor dehqonchilik uchun qulay. Iqtisodiy rayon iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq. O'simlik o'sadigan davr haroratining yig'indisi shimolda 300°C ni, janubda esa 500°C ni tashkil etadi. Yog'in nihoyatda kam, yillik yog'in miqdori 100-300 mm xolos. Qor qoplami yupqaligi yaylov chorvachiligiga qo'l keladi. Cho'lda yerosti suvlaridan chorvachilikda, kichikroq joylarda esa sabzavot yetishtirishda foydalaniladi. Tez-tez garmsel shamoli xuruj qilib, o'simliklarni qovjiratib ketadi. Suv muammosini hal qilish uchun Zarafshon daryosida Amu-Qorako'l va Amu-Buxoro mashina kanallari, kanalda esa Quyimozor suv ombori ishga tushirilgan. Suvni 64 metr balanddagi bu kanallarga qudratli nasoslar ko'tarib beradi. Suv omborga va undan kanallar orqali Buxoro vohasini sug'orishga sarflanadi. Zarafshon iqtisodiy rayonida xilma-xil mineral boyliklar ko'p. Jumladan, Gazli, Uchqir, Qorovulbozor, Sortosh tabiiy gaz konlari, Kogon yaqinida neft koni, Muruntov oltin koni, Ingichka va Zarmitanda nodir metallar konlari, oltingugurt konlari, qurilish materiallari va mineral bo'yoq konlari mavjud. Bu boyliklar iqtisodiy rayonda energetika, rangli metallurgiya, kimyo hamda qurilish materiallari sanoatlarini rivojlantirish uchun baza hisoblanadi. Aholisi. Iqtisodiy rayon aholisining ko'payish sur'ati mamlakat aholisining o'rtacha o'sishiga yaqinlashadi. Aholi hudud bo'ylab juda notekis joylashgan. Ayniqsa, cho'l mintaqasida aholi o'ta siyrak. Xo'jaligi va uning hududiy tashkil etilishi. Ushbu iqtisodiy rayonda agrosanoat majmuyi tarkib topib bormoqda. Sanoat ko'p tarmoqlidir. Zarafshon iqtisodiy rayonining elektroenergetika, rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo va gaz-kimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat kabi tarmoqlari jadal rivojlanmoqda. Qorovulbozor shahrida yiliga 5 mln tonna neftni qayta ishlaydigan korxonaning ishga tushirilishi rayonda iqtisodiyotning yangi iqtisodiy sohasini vujudga keltirmoqda (108-rasm). Korxona mamlakatimiz neft mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojning yarmini qondira oladi. Iqtisodiy rayon hosil etilayotgan elektr energiya miqdoriga ko'ra Toshkent va Mirzacho'l iqtisodiy rayonlaridan keyin uchinchi o'rinda turadi. Elektr quvvati, asosan, Navoiy IESidan olinmoqda, IES tabiiy gaz bilan ishlaydi. Gaz sanoati bo'yicha rayon yaqin yillargacha O'zbekistonda yetakchi o'rinda edi. Qashqadaryodagi Sho'rtan gaz koni ishga tushirilgach, ikkinchi o'ringa tushib qoldi. Kimyo sanoati tabiiy gaz va boshqa mineral xomashyoga tayanadi. Zarafshon hududiy ishlab chiqarish majmo'yining asosiy tarmoq laridan ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.94 MB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:23
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.94 MB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:23 ]
Arxiv ichida: ppt