O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Respublika ta'lim markazi Geografiya fanidan o'zlashtirilishi qiyin bo'lgan mavzular bo'yicha ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida yozilgan dars ishlanma ( VII-sinf ) IV - chorak 56 - dars Mavzu: Zarafshon vodiysi. Geografik o'rni: Yer yuzasi, geologik tuzulishi va foydali qazilmalari Maqsad: Respublikamizning tabiiy geografik o'lkalari tabiiy sharoitning o'ziga xos xususiyatlari haqida geografik bilimlarni shakllantirishda davom etish, o'quvchilarni yangi atama va tushunchalar bilan tanishtirish; Zarafshon vodiysining geogrfik o'rni, yer yuzasining geologik tuzulishi, geologik taraqqiyot bosqichlari va foydali qazilmalari bilan o'quvchilarni tanishtirish; geologik bilim manbaalari bilan ishlsh ko'nikmalarini shaqlantirishni davom ettirish; o'quvchilarda tekislik va tog'li o'lkalarda oid geologik bilimlarni rivojlantirish. Vazifalar: O'quvchilarda mavzu asosida bilim va ko'nikmalarni shakillantirish, geografik atlas, xaritalar va rasmlar bilan ishlashga qiziqish o'yg'otish. O'quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg'ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o'zlashtirilganligi nazorat qilinadi. Uslub: Aqliy hujum, Savol-javob, ha yoki yo'q. Darsda ko'rgazma materiallar: O'zbekistonning tabiiy (foydali qazilmalari) xaritalari, 7- sinf o'quv atlasi, yozuvsiz xarita, qiziqarli kitoblar, tog' jinslari namunalari, tarqatma savollar. Dars rejasi: 1. O'qituvchining kirish so'zi (1 daqiqa). 2. Guruhlarga bo'linish (2 daqiqa). 3. Tarqatma savollar orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni tekshirish ( 8 daqiqa). 4.Yangi mavzu bayoni. (10 daqiqa). 5. O'tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar. (8 daqiqa). 6. Sardorlar bellashuvi ( 9 daqiqa). 7. Mavzuni mustahkamlash (3 daqiqa). 8. O'quvchilarni rag'batlantirish va baholash (2 daqiqa). 9. Uyga vazifa. (2 daqiqa). 1. O'qituvchining kirish so'zi (1daqiqa). Darsning tashkil etilishi: a) salomlashish, davomatni aniqlash; b) o'quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish; 2. Guruhlarga bo'linish (2 daqiqa). O'quvchilar iqlim elementlariga ko'ra 3 ta guruhga bo'linib, joylariga o'tirishadi. I-guruh. Zarafshon II-guruh. Marjonbuloq II-guruh. Muruntov O'quvchilar bilan birgalikda guruhlarda ishlash uchun amal qilinishi lozim bo'lgan qoidalar ishlab chiqiladi: Oltin qoidalar: 1. Faollik. 2. Vaqtga rioya qilish. 3. Aytilgan fikrni takrorlamaslik. 4. O'zaro hurmat. 5. To'g'ri javob uchun rag'bat. 6. O'ng qo'l qoidasi. 7. Bir yoqadan bosh chiqarish. 8. Intizom. Ishlab chiqilgan oltin qoidalar doska chetiga osib qo'yiladi. 3. Tarqatma savollar orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni tekshirish (7daqiqa). I-guruh. Zarafshon 1.Savol: Mirzacho'l o'lkasining eng yirik vodiysi qanday nomlanadi? Javob: Sangzor vodiysi . 2. Savol: Mirzacho'l o'lkasining janubidagi eng baland tog' tizmasi Javob: Turkiston tizmasi II-guruh. Marjonbuloq 1. Savol: O'lkada rangli metallardan qaysilar tarqalgan? Javob: Oltin, qo'rg'oshin, bolfram, molibdin 2. Savol: Zomin to'g' qo'riqxonasining dastlabki nomini ayting Javob: Go'raralash II-guruh. Muruntov 1. Savol: Zomin milliy bog'ida qo'riqlanadigan archaning 3 ta turini ayting? Javob: Qora archa, sarv archa, o'rik archa. 2.Savol: Mirzacho'l o'lkasining ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1021.93 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1021.93 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:23 ]
Arxiv ichida: doc